Buyuk Britaniyada 5G sun’iy aql qaysi mintaqada testdan o‘tkazilishi aniqlandi
21.09.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Buyuk Britaniyada 5G texnologiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Uest-Midlends grafligidan boshlab, keyin butun mamlakat bo‘ylab 5G tarmog‘ini ishga tushirish ishlari amalga oshiriladi.

Uchta shahar — Birmingem, Koventri va Vulverxempton – mintaqada 5G‘ni joriy etish uchun 75 million funt sterlingga ega bo‘ladi.

5G texnologiyasidan foydalanib, texnologik loyihalarni amalga oshirish kelasi yil boshiga belgilangan, bunda Uest-Midlends asosiy e’tibor sog‘liqni saqlash, qurilish va avtomobil sanoatiga qaratiladi. Mamlakat hududida yuqori tezlikdagi mobil Internet yangi texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish bilan sog‘liqni saqlash va jamoat transportida haqiqiy inqilobni amalga oshirish kutilmoqda. 5G test-sinovlarini o‘tkazish rejalari tez yordam shifokorlari uchun malakali mutaxassislar tomonidan maslahat berish uchun real vaqtda video rejimidan foydalanishni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, tez yordam mashinalari bilan videoaloqani amalga oshirish bo‘yicha rejaga qo‘shimcha ravishda, ambulator shifoxonalar uchun Internet orqali masofadan amalga oshiriladigan favqulodda maslahatlar o‘tkazish belgilanmoqda. Buyuk Britaniyaning raqamlar, madaniyat, media va sport departamenti (DCMS) tibbiy xizmatlarni foydalanuvchilar uchun yanada qulaylashtirilishi ularga shifokorlar ishini kuzatish imkonini beradi deb ta’kidlaydi. Kutilayotganidek, 5G texnologiyasi ham jamoat transportida yo‘l trafigini optimallashtirish, yo‘l harakati hodisalari sonini kamaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, 5G texnologiyasidan avtobus salonida video oqimini namoyish etish uchun foydalanishni rejalashtirganlar, bu esa politsiyaga yo‘lovchilarning salbiy xatti-harakatlaridan tezkor xabardor bo‘lishga imkon beradi.

Manba: www.bbc.co.uk

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq