Koreyaning “Internet otasi” bilan uchrashuv
20.09.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2018-yil 19-sentabr kuni Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazida «Osiyoda internet» mavzusida seminar o‘tkazildi. Unda koreyalik ekspert Sang Chul Shin va Toshkent shahar hokimining shahar ma’muriyati ish tizimida axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha mas’ul maslahatchisi Kim Yu Shik ishtirok etdi.

Seminar ko‘tarinki kayfiyatda, jonli va qiziqarli tarzda o‘tdi. Chunki o‘z vatanida «Koreya Internetining otasi» deya e’tirof etiluvchi Kil Nam Chon unga boshchilik qildi.

Janob Kil seminar boshida jahonda Internetning paydo bo‘lishi tarixiga to‘xtaldi.

Ekspertning ta’kidlashicha, bugungi kunga kelib, Internet insoniyat tarixida eng tezkor axborot almashuvi vositasiga aylanib ulgurdi. U tasavvurga sig‘maydigan darajadagi katta hajmli turfa xil ma’lumotlar saqlanadigan kompyuter tarmog‘i tizimigina emas, balki alohida virtual dunyo hamdir. Uning tarixi 1950-yillarda kompyuterlarning taraqqiy etishi davriga borib taqaladi. Dastlab har bir tashkilotda bittadan kompyuter bo‘lgan bo‘lsa, keyingi o‘n yillar ichida kompyuterlar hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurdi. Endi ular deyarli har bir xonadonda (ba’zida hatto bir nechtadan) mavjud.

2017-yil yakunlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha Internet foydalanuvchilarining soni taxminan milliard kishiga yetgan. Bugungi kunda 51% Internet foydalanuvchilari aynan Osiyo qit’asida joylashgan bo‘lib, ulardan 15 millioni O‘zbekiston hududiga to‘g‘ri keladi.

Taqdimot so‘ngida ekspertlar ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga javob qaytarishdi va kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq