2018-yil 1-dekabrdan dastlabki 5G tijorat tarmog‘i ishga tushiriladi
20.09.2018
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Janubiy Koreyaning uchta yirik mobil aloqa operatori mamlakatda 5G tarmog‘ining tijoriy maqsadda foydalanishni boshlash joriy yilning 1-dekabridan boshlanadi, deb rasman tasdiqladi. Shunday qilib, Janubiy Koreya 5G tarmog‘i ishga tushiriladigan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ladi. SKT, KT va LG U + vakillari dastlab 5G tarmoqlari Seul va yaqin atrofdagi hududlarni qamrab olishi haqida xabar berdilar.

Dasturning birinchi bosqichida beshinchi avlod tarmoqlari uchun ma’lumotlarni uzatish tezligi 1 Gbit/s.ga yetishi kerak. Digitimes Research ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi 5G qurilmalari 2019-yilda bozorga chiqadi. Biroq 5G-qurilmalarni ommaviy yetkazib berish faqat 2021-yilda boshlanadi.

Rossiyada 5G‘ni ommaviy joriy etish 2021-yildan ilgari amalga oshirilmaydi

TASS xabariga ko‘ra, Rossiyada beshinchi avlod (5G) mobil aloqa tarmoqlarini tijoratli joriy etish muddati kechiktirildi, deya xabar beradi, bosh vazir o‘rinbosari Maksim Akimov.

Dastlab, 5G xizmatlarini 2020-yilgacha 1 milliondan ziyod aholisi bo‘lgan Rossiya shaharlarida joylashtirish rejalashtirilgan. Kelgusi o‘n yillikning o‘rtalarida mamlakat hududida o‘n beshta shaharda beshinchi avlod tarmoqlari ishga tushirilishi belgilangan. Biroq hozirgi kunda, ma’lum qilinishicha, Rossiyada 5G/IMT-2020 aloqa tarmog‘ini yaratish va rivojlantirish konsepsiyasi 2019-yilning birinchi choragida tasdiqlanadi va 5G uchun chastotalar faqat keyingi yilning oxirigacha aniqlanadi. 5G operatorlari xizmatlarini joriy etish bo‘yicha pilot loyihalar 2020-yil oxirigacha amalga oshirilishi mumkin. Tarmoqlarni tijorat asosida ishga tushirish uchun biroz vaqt talab etiladi. «2021-yilning oxiriga kelib, biz yirik shaharlarda tarmoqning barqaror ishlashini ta’minlaydigan hech bo‘lmaganda, bazaviy stansiyalarning tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishini istaymiz», — ma’lim qildi janob Akimov. Shunday qilib, Rossiyada 5G texnologiyasining ommaviy joriy etilishi 2021-yildan ilgari amalga oshirilmaydi.

Qo‘shimcha qilib, aytish mumkinki, 5G xizmatlarining ma’lumotlar uzatish tezligiga keskin o‘tishiga imkon beradi – ular nazariy jihatdan 20 Gbit/s.ga yetadi. Mavjud tizimlar bilan solishtirilganda, bunday tarmoqlar kamroq kechikish bilan bitta birlik hududida juda ko‘p sonli qurilmalarga xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Manba: http://itar-tass.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq