LG kompaniyasi ko‘chma sun’iy aqlga ega robotlar ishlab chiqarishda yangi davrni boshlab beradi
19.09.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

LG Electronics keyingi o‘n yil mobaynida xizmat ko‘rsatish robotlarining yetakchi ishlab chiqaruvchisi bo‘lishga intilib, Berlinda IFA 2018 ko‘rgazmasida insonlar tomonidan olib yurish mumkin bo‘lgan dastlabki ko‘chma robotni taqdim etdi.

LG tomonidan ilgari taqdim etilgan robot-gid (Guide Robot), Robot-farrosh (Cleaning Robot) va xizmat ko‘rsatuvchi robot-ofitsiant (Serving Robot) kabi robotlardan farqli ravishda, olib yurish mumkin bo‘lgan – LG CLOi SuitBot roboti aeroportlarning kutish zallarida va mehmonxonalar foyesida mustaqil yordamchi sifatida joylashtirilmaydi. Uning vazifasi foydalanuvchining oyoqlariga harakatlanishda qulaylik va yengillik berish uchun kuch sarflamaslikni ta’minlash, xotirjamlikni saqlash va mustahkamlashdir.

O‘tgan yili LG inson organizmining kundalik hayotida cheklovlarni bartaraf etishga mo‘ljallangan robotlarning rivojlanishida boshlang‘ich investor startap sifatida ishlay boshlagandi. LG robotlar bilan hayot sifatini yaxshilash yo‘llarini o‘rganadigan SG ROBOTICS startapi bilan hamkorlikda, olib yurish mumkin bo‘lgan LG CLOiSuitBot robotini ishlab chiqdi. Qulay va tabiiy ravishda aylanadigan ulanishlar CLOi SuitBot’ga yurish, ishlash va tik turganda inson tanasining quyi qismini kuchaytirish uchun yumshoq va tabiiy harakatlar qilish imkonini beradi. Sandalga o‘xshash poyabzal va avtomatik robotni sozlash foydalanuvchiga kostyumni kiyish va undan foydalanishni osonlashtiradi – bu LG CLOiSuitBot robotining boshqa exoskelet kostyumlaridan farqlaydi.

Bundan tashqari, LG CLOiSuitBot – robotining boshqa xizmat ko‘rsatish (birinchi CES-2018’da taqdim etilgan) robotlariga ulanish imkonini beradi va ish joyida ishlab chiqarish, logistika va tarqatishda zarur bo‘lgan axborot va vositalarni uzatish uchun kichik «aqlli» ish tarmog‘ining bir qismiga aylanadi. LG CLOi xizmat ko‘rsatish robotlari tomonidan tijorat sohasida sun’iy aqlni qo‘llash bo‘yicha katta tashabbusning bir qismi sifatida ishlab chiqilgan. Sun’iy aql texnologiyasi LG CLOi SuitBot robotini biometrik ma’lumotlar va atrof-muhitni aniqlash va tahlil qilish, harakatlarni o‘lchash va tahlil qilish orqali o‘rganish va rivojlantirishga imkon beradi, bu esa maksimal ishlash uchun maqbul harakatlar va pozitsiyalarni topish imkonini beradi.

«LG CLOi SuitBot roboti hayotimizda aniq qulaylik va innovatsiyalarni kiritayotgan, xizmat ko‘rsatish turlari doirasini kengaytirishga yordam beruvchi robotlar ishlab chiqilayotganining bir dalilidir, — deydi LG’s Home Appliance & Air Solution kompaniyasi Prezidenti Dahyun Song (Song Dae-hyun), — Bu sun’iy aql yordamida odamlarga qulayliklar yaratish va harakatlanuvchi kuchga ega yangi avlod robototexnika sohasida tashabbuslarni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish, foydalanuvchilar bilan hamkorlik qilish uchun mo‘ljallangan innovatsion mahsulotlar keng turlariga bir misolidir».

Manba: www.lg.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq