Kelajak roboti: u qanday bo‘lishi mumkin?
19.09.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Bugungi kunda odamlar, axborot texnologiyalari (ayniqsa, sun’iy intellektlar)dan, masalan, Angliyada ludditlar (XIX asrning birinchi choragida Angliyada sanoat inqilobi davrida, sanoat ishlab chiqarish sohasiga mashinalarning kiritishiga qarshi norozilik ishtirokchilari) kabi odamlarni ishsiz qoldirishi mumkin deb cho‘chimoqdalar. Biroq yoshlarni bu tashvishli istiqbol haqidagi ma’lumotlar deyarli tashvishlantirmaydi: so‘rov o‘tkazilgan talabalarning 40 foizi hozirgi vaqtda mavjud bo‘lmagan kasbda ishlashga tayyorgarlik ko‘rayotganlariga ishonadilar.

Xo‘sh, vaqt o‘tgan sayin qanday kasblar paydo bo‘lishi mumkin? Quyida ba’zi taxminlar bayon etilgan:

— Masofadan ishlaydigan jarroh. Jarrohlar operatsiya xonasida jismonan hozir bo‘lishlari shart emas: bemorlarni hatto barmoqlarini ham tekkazmay turib, masofadan aqlli mashinalarni boshqarib davolaydilar.

— Odamlar va robotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassis. Robotlar odamlar bilan birga tobora ko‘proq ishlay boshlaydi, ya’ni ular hissiyotlarimizni tushuna oladigan bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Albatta, odamlar ham robotlar qanday fikrda ekanini tushunishlari kerak.

— AR-arxitektor. Bu yangi kasb emas, balki qadimiy me’morchilik kasbi ixtisosligining evolyutsiyasidir. Me’morlar o‘z ishlarining haqiqiy yangi versiyalari doirasini kengaytiradigan yangiliklar: bunday loyihalar qurilishga yordam beradi va mijozlar uchun kelajakdagi binolarni yaratishlari mumkin bo‘ladi.

— Aqlli uy ishlanmalarini yaratuvchi dasturchilar. Uylarimiz – biz yashaydigan, uxlaydigan va buyumlarni saqlaydigan qutilarga o‘xshamay qoldi. Aqlli uylar yaratuvchi hamda ishlab chiquvchilar uy egasi va uning oilasi tabiatiga, ehtiyojlariga hamda xususiyatlariga individual ravishda moslashgan, butun texnologik ekotizimni yaratishni boshlaydilar.

— 3D printerda chop etiladigan kiyimlarni yaratuvchi dizaynerlar. Uch o‘lchamli chop etish yanada qulayroq va ommabop bo‘ladi, shuning uchun tez orada kiyim-kechak do‘konlari o‘tmishning qoldiqlariga aylanishi mumkin. 3D-printerlar yordamida yangi tasvirlar va shakllar go‘yo yomg‘irdan so‘ng chiqqan qo‘ziqorin kabi ko‘plab paydo bo‘ladi. Ushbu kasblar haqiqatga aylanadimi? Keling, biroz kutib turaylik. Biroq hozirgi kunda shuni aniq aytish mumkinki: bugungi kun odamlari ko‘proq aqlli qurilmalarga (avtomobillar, smartfonlar va hatto uydan foydalanishga) qanchalik qiziqayotgan bo‘lsa, kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj ham shunchalik baland bo‘lishiga ishonch hosil qilish mumkin.

— Shu sababli «Kasperskiy laboratoriyasi» Secur’IT Cup’ni ta’sis etdi – shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoga moslashish qobiliyatiga ega va kiberxavfsizlik muammosini tezda hal qila oladigan, yangi texnologiyalarni taqdim etadigan tanlovni yaratdi. Tanlovda ishtirok etish bepul va asosiy sovrin 10 000 AQSh dollarini tashkil etadi. Bu borada Yevgeniy Kasperskiy shunday deydi: «Bugungi kunda kiberxavfsizlik juda muhim va faqatgina axborot texnologiyalari rivojlanishi ushbu yangi ish o‘rinlarining paydo bo‘lishiga olib keladigan bo‘lsa, yanada muhimroq bo‘ladi. Barcha ko‘rinishlardagi kiberxavfsizlik – bemorlarni muhofaza qilishdan boshlab, odamlarni sun’iy aqldan himoya qilishgacha bo‘lgan har qanday texnologik jarayonlarni tashkil qilishda hisobga olinishi kerak. Axir buzg‘unchilar to‘xtab qolmaydi va ulanayotgan qurilmalar soni ortib borishi bilan yuzaga kelayotgan zaif joylarni qidiradi. Hozir bizning sektorda juda ham mutaxassislar yetishmasligi muammosi mavjud, shuning uchun bugungi talabalar va maktab o‘quvchilarini ushbu muhim va istiqbolli sanoatga e’tibor qaratishlariga chaqiraman».

Manba: www.kaspersky.ru/blog

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq