Jahon banki vakillarining tashrifi
19.09.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 18-sentabr kuni «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida Jahon banki vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Jahon bankining shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassisi Manjusha Rai va AKT bo‘yicha konsultant doktor Kris ishtirok etdi. Markaz direktori o‘rinbosari Daniyar Atadjanov, Axborot texnologiyalarini rivojlanitirish bo‘limi, «Aqlli shahar» texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi boshliqlari va mutaxassislari, shuningdek, xalqaro bo‘lim xodimlari ishtirok etdilar.

Tashrifning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida «Aqlli shahar» texnologiyalarini joriy qilishning hozirgi holatini to‘liq tahlil qilish va “aqlli shahar”lar bilan bog‘liq boshqa masalalarni batafsil o‘rganishdan iborat edi.

Shu bilan birga, mehmonlar elektron xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha tajriba va axborot almashish, xususan, davlat xizmatlarini taqdim etish va elektron hukumat infratuzilmasini o‘rganishga qiziqish bildirdilar.

Markazning “Aqlli shahar” texnologiyalarini rivojlantirish departamenti respublikada “Aqlli shahar” texnologiyalarini amalga oshirish va joriy etish bosqichlari haqidagi taqdimotni namoyish etishdi.

Uchrashuv natijasida mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, tomonlar “Aqlli shahar” va elektron hukumat sohasida kelajakda hamkorlik qilishga tayyorliklarini bildirdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq