Formula-1’da sun’iy aqldan foydalaniladi
19.09.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Ma’lumki, Formula-1 sportida eng yaxshi zamonaviy texnologiyalardan – sun’iy aqldan ham foydalaniladi va shu sababdan haydovchilar xavfsizligi uchun hech qachon katta mablag‘ni sarflashga to‘g‘ri kelmasligiga shubha qilinmaydi. Bu nafaqat avtomobil poygasi, balki texnologiya poygasi hamdir.

F1 guruhlari tomonidan hozirgi vaqtda sun’iy intellektni poygalarga kiritish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ular bulutga asoslangan real vaqt rejimida tahlil qilish va poygani yaxshilash uchun mashinani o‘rganishda yordam berish uchun mo‘ljallangan, — deb xabar beriladi Robotics.ua manbasida.

F1 sportida bulutli hisoblash uchun Amazon Web Services (AWS) platformasidan foydalaniladi va unda katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlashi mumkin bo‘ladi. Tadqiqotchilar Amazon Web Services (AWS) sun’iy aql platformasidan foydalanib, F1’ning 61 yillik poygasi tarixini saqlab qolish imkonini yaratadilar va undan tahlil qilish uchun foydalanadilar, undan haydovchilar uchun taktikani bashorat qilish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, AWS’dan poyga statistikasini olish va eng yaxshi bashorat va qarorlarni qabul qilish uchun foydalanadilar. Ushbu xizmatlarga AWS’ning SageMaker, ya’ni olimlar va ishlab chiquvchilarni ML-ga asoslangan modellarni tez va oson o‘rganish va ularni ishlatishi mumkin bo‘lgan kompyuterli o‘rganish xizmati kiradi. Boshqa AWS xizmatlariga AWS Lambda, hodisalarni boshqarish, server hisoblash platformasi va Amazon Kinesis Data Analyzer kiradi, bu ma’lumotlarni real vaqtda uzatishda yordam beradi.

Formula-1’ga sun’iy aql nima uchun kerak?

Formula-1 avtomobillari – juda yuqori texnologik sun’iy aqlga ega. Ularda 200dan ortiq datchiklar mavjud va muhandislar barcha poyga davomida o‘zlarining kompyuterlarini kuzatishlari va haydovchiga to‘g‘ri daqiqalarni taklif qilishlari kerak. Buning o‘rniga ular sun’iy aqlga ega bo‘lib, faqat monitoringgagina yordam bermay, bu ishni bajargan odamlar o‘rnini almashtirishi ham mumkin, natijada sun’iy aql doim to‘g‘ri qaror qabul qiladi. F1’da, ko‘p holatlarda, odamlar tomonidan qaror qabul qilinishi natijasida muvaffaqiyatsiz natijalar yuzaga keladi, bu holatni sun’iy aql yordamida bartaraf etish mumkin. Sun’iy aql yordamida tizimlar noto‘g‘ri ishlashi natijasida, avariyaviy holatlarning oldini olish va avtomashinaning biron bir qismining ishdan chiqishi haqida oldindan bilish mumkin. Sun’iy aql qisqa vaqt ichida juda ko‘p mexanik ishlarni bajarishga imkon beradi. Shunday qilib, ular avtomashinalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun ishlatilishi mumkin. F1 guruhlari juda tajribali va katta mablag‘ga ega bo‘lishlariga qaramasdan, ko‘pincha keyingi qadamni oldindan aytib berishadi. Bunday joylarda sun’iy aqldan foydalanib, ularga nima qilish kerakligi haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini beradi.

Qanday ma’lumotlar kerak?

ML modellarida sun’iy aql amalga oshiradigan muvaffaqiyatlar to‘liq ma’lumotlarga bog‘liq bo‘lishini e’tiborga olib, ML algoritmlari ishda yanada aniq prognozlar berishi uchun ular katta hajmga ega bo‘lishi kerak. Ushbu oddiy ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda telemetriya ma’lumotlari ham kiradi. Mazkur ma’lumotlar qatorida: harorat, bosim, chastota, tezlik ma’lumotlari bo‘lishi mumkin. Ular datchiklardan olinadi. Rulda, tezlashuv va tormozlash, shuningdek, tur vaqti, maksimal tezlik, to‘xtash vaqti, yo‘lda shamol tezligi haqida va boshqalarni aniq tasavvur qilish uchun haydovchilarga alohida ma’lumot berish kerak.

Sun’iy aqlni F1’da aniq qanday qo‘llash mumkin?

Pit-stop vaqti: jamoa strateglari avtomobil to‘xtab turganda, to‘xtash vaqti haqida qaror chiqarishda xatolikka yo‘l qo‘yishi mumkin. Sun’iy aql – juda ko‘p ma’lumotga ishlov berish, haydovchining to‘xtashi uchun, masalan, shinalarni almashtirishga eng yaxshi vaqtni aniq o‘rganishi va taqdim etishi mumkin.

Shinalarni almashtirish: ishlab chiqaruvchining yana bir keng tarqalgan xatosi shinalarni almashtirish bo‘lib hisoblanadi. Harakatlanish vaqtida almashtirish uchun shinalarning aniq tanlovi ham g‘alaba, ham haydovchilar xavfsizligi uchun hal qiluvchi qaror bo‘lib hisoblanadi. Ob-havo ushbu qarorni qabul qilishda juda muhim rol o‘ynaydi. Sun’iy aql – ob-havo sharoitlariga, shuningdek, poyga sharoitlariga qarab, qaysi turdagi buzilish yuzaga kelishini oldindan aniqlashga o‘rgatilishi mumkin. Robotics.ua saytiga ko‘ra, robotics.ua, Renault Sport va Williams Martini Racing allaqachon sun’iy aqlni F1 tizimiga kiritishni boshlaganlar. Ular poyga paytida bashorat qilish va qaror qabul qilish uchun ML modelini va tahlillarini ishlatadilar. Shuningdek, ular avtomobillarini ishlab chiqarish uchun sun’iy aqldan foydalanishni boshladilar. Honda — IBM Watson IoT-ga Scuderia Toro Rosso-ga taqdim etilgan gibrid dvigatellarni tahlil qilish uchun murojaat etdi. Shunday qilib, yaqin orada Formula 1 poygalarining pit-stoplarida sun’iy aqlni ko‘rish mumkin va u bilan F1 texnologiyasi yanada ta’sirli bo‘ladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq