Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun nou-хau
17.09.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Multimedia dasturlari o‘z ichiga Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishning qanday imkoniyatlarini yashiradi? Media texnologiyalari bolaning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirib, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.

Multimedia dasturlari maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni rivojlantirish bo‘yicha qanday imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi? Media texnologiyalari – bolalar imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirib, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.

Bolalar dunyoqarashining turli xil kanallariga ta’sir o‘tkazish, ularning qiziqishlarini rivojlantirish va mustaqil yangi bilim olish qobiliyatini rivojlantirish – yengil masalalardan emas, biroq bu sohadagi ishlar o‘z natijasini bera boshladi. O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim uchun multimedia interaktiv resurslarini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya sinov loyihasini amalga oshirish evasiga maktabgacha yoshdagi bolalar va maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari yaqin kelajakda Rossiyaning «Yangi Disk» kompaniyasidan beshta multimedia mahsulotini sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

10-sentabr kuni hamkorlik doirasida, Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34- maktabgacha ta’lim muassasida Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalari va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari metodist va mudirlari uchun tanishuv seminari bo‘lib o‘tdi. Rossiyaning «Yangi Disk» kompaniyasi metodisti Natalya Akimova taklif etilgan multimedia mahsulotlari bilan ishlash usullari bo‘yicha ta’limiy trening o‘tkazdi. Treningga quyidagi: «Xayolparastlar», «Maktabgacha ta’lim muassasasida matematika», «Nutqni rivojlantirish», «Musiqa ta’limi», «Diagnostik lotto» dasturlari kiritilgandi.

— Multimedia dasturlariga kiritilgan o‘yinlar foydalanuvchilar bilim faoliyatini faollashtiradi va materiallarning o‘zlashtirilishini kuchaytiradi, — ta’kidladi, o‘z nutqida Rossiya kompaniyasining «Yangi Disk» metodisti Natalya Akimova.

— Interaktiv ta’lim vositalari bolalarni rivojlanish diagnostikasida juda yaxshi yordamchiga aylanadi. Axborot madaniyatini shakllantirish – bu faqatgina kompyuter savodxonligini o‘zlashtirishgina emas, balki axloqiy, estetik va intellektual ziyraklikka ham ega bo‘lish demakdir.

O‘qituvchi va ota-onalar uchun maxsus modul taqdim etilgan bo‘lib, uning yordamida mashg‘ulot boshlanishiga qadar, elektron topshiriqlar to‘plamini, shuningdek, maktabgacha ta’lim xodimlarining ta’limiy kursardan o‘tganlik statistikasini ko‘rish mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq