«Automated psychological tests» dasturi yaratildi
14.09.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Dasturning vazifasi test o’tkazish orqali odamlarning psixologik holatiga tashhis qo’yish va olingan natijalar asosida shaxsning psixologik portretini diagramma orqali aks ettirishdan iborat.

Dastur orqali muayyan korxona xodimlarining psixologik holatini aniqlab, ish jarayonida xodimlar potensialidan unumli foydalanish samaradorligini oshiradi. Ushbu dasturning funksional imkoniyatlari 9 xil turdagi psixologik testlar bazasini shakllantirish, yangi testlarni qo’shish va olib tashlash, har bir psixologik test bo’yicha alohida xulosa berish, barcha natijalar bo’yicha umumiy xulosa berish va shaxslarning psixologik holatini testlashdan iborat.

Mualliflar Kaxarov Shukrullo, Nuriddinov Oybek va Odilov Jamshidbeklarga ushbu dasturlari uchun DGU 05496 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq