“Elektron hukumat” markazida Rossiya kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
13.09.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 12-sentabr kuni “Elektron hukumat” markazida “Altarix” MChJ kompaniyasining bosh direktori o‘rinbosari Oleg Visokov va “Rusdevelopment” kompaniyasining savdo bo‘yicha direktori Vyacheslav Sazonov bilan uchrashuv bo‘ldi.

Uchrashuvda Markaz tomonidan axborot jamiyati, “Aqlli shahar” texnologiyalari, informatsion texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha Departamentlar hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshliq va xodimlari ishtirok etdilar.

Rossiya kompaniyalari vakillari elektron ko‘rinishdagi davlat xizmatlari va servislari sohasida hamkorlik imkoniyatlari, “Aqlli shaharlar” aholisi uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha va Big Data Services – katta ma’lumotlarni ishlatish bo‘yicha yechimlari haqida gapirib o‘tishdi.

Uchrashuv davomida kompaniyalar vakillari kompaniya tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalari va ularni natijalari bo‘yicha to‘liq ma’lumot berishdi. Fuqarolar va biznes vakillariga elektron xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi malakalari to‘g‘risida ham gapirib o‘tdilar.

Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu kompaniyalar davlat va tijorat tashkilotlari uchun yirik infrastruktura AT-loyihalari, mobil servislar, multi-platformali mobil ilovalar hamda “Aqlli shahar” tizimlarini ishlab chiqish va joriy etishga yo‘naltirilgan.

Suhbat chog‘ida tomonlar kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishdi, Markaz vakillari o‘zlarining xohishlari va hamkorlikka tayyorliklarini bildirishdi. Shu bilan birga, yaqin kunlarda kompaniyalar va Markaz o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash uchun navbatdagi yig‘ilish o‘tkazilishi haqida kelishib olindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq