AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv
13.09.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

12-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida AQSh Davlat kotibining iqtisodiyot va biznes masalalari bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari Brayan MakFiters boshchiligidagi AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiya O‘zbekistonga savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston tomoni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish holati to‘g‘risida so‘zlab berdi. Xususan, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish, davlat organlarining ochiqligini ta’minlash, biznesni rivojlantirish, elektron tijoratni rivojlantirish va boshqa sohalarda axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida so‘z bordi.

Shuningdek, mehmonlar mamlakatimizda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish holati, uni yanada rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar. AT-ta’lim haqida ham ma’lumot berildi. AKT sohasida O‘zbekiston-AQSh hamkorligining holati va rivojlanish istiqbollari haqida alohida so‘zlab berildi. Shu nuqtai nazardan Microsoft, Cisco, IBM, Oracle va boshqalar kabi Amerika kompaniyalari bilan hamkorlik haqida so‘z bordi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq