Markaz mutaxassislari Xitoyning “Internet xavfsizligi boʻyicha VI-xalqaro konferensiyasi”da ishtirok etdilar
11.09.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Ushbu konferensiya 2018-yilning 4-6 sentyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari Qoʻmitasi vakillari, shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi xodimlari Aziz Kusayev va Sherzod Otakuziyevdan tashkil topgan Oʻzbekiston delegatsiyasi ham mazkur tadbirda ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Markaz mutaxassislari Aziz Kusayev va Sherzod Otakuziyev kibermakon xavfsizligi sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼruza va taqdimot bilan chiqish qildilar.

Xalqaro konferensiya davomida mutaxassislar tomonidan ushbu sohadagi zamonaviy tahdidlar va kiberxavfsizlik boʻyicha bir qator masalalar majmui koʻrib chiqildi. Xususan, axborot xavfsizligini taʼminlash yuzasidan zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish va kibermakonni tartibga solish maqsadida muayyan xalqaro standartlar va kelishuvlarni qabul qilish orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligi masalalari muhokama qilindi.

Konferensiyada koʻtarilgan masalalar global ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, unda qator xorijiy, jumladan, Avstriya, Isroil, Yaponiya, Qozogʻiston, Rossiya va AQSH kabi koʻplab davlatlar mutaxassislari ishtirok etdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq