Barcha mobil ilovalar platformalari uchun qo‘shimcha imkoniyalar
11.09.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“Karta hisobidagi pul miqdorini muzlatish” xizmati mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan hamda bizning to‘lov tizimimizga integratsiya qilingan barcha mobil ilova platformalari uchun qo‘shimcha imkoniyatdir.

Zamonaviy hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurgan elektron tijorat sohasidagi yangi xizmatlar kun sayin yangi imkoniyatlar bilan kengayib bormoqda. Bugun har birimiz ushbu qulay texnologik imkoniyatlarsiz hayotimizni tasavvur etolmaymiz. Jumladan, kompaniyamiz ham kundan-kunga rivojlanib, o‘z hamkorlariga yangi xizmatlarni taklif qilib kelmoqda. Bulardan biri yaqin kunlarda mutaxassislarimiz tomonidan yaratilgan “Karta hisobidagi pul miqdorini muzlatish” xizmatidir.

Muzlatish so‘zi inglizcha “hold” so‘zidan olingan bo‘lib, ekvayer tomonidan bank kartasi orqali amalga oshirilgan to‘lovning bank-emitent tomonidan ushlab qolinishi degan ma’noni angalatadi.

Yangi xizmatimizdan foydalangan karta egasi mahsulot yoki xizmat turiga belgilangan to‘lovni amalga oshirishdan avval, amalga oshiriladigan to‘lov miqdorini “muzlatish” imkoniyatiga ega bo‘ladi. Misol uchun, Siz biron-bir mobil ilova orqali mahsulotga buyurtma berdingiz va mahsulot yetkazilganida talablarga javob berilmagan holat kuzatilganida to‘lovga ajratilgan pul miqdori oldindan muzlatilganligi sababli karta hisobiga qaytarilishi mumkin. Agar mahsulot yoki xizmat turiga belgilangan to‘lovni bekor qilimoqchi bo‘lsangiz, pul miqdori “muzlatilgan” statusidan yechiladi va to‘liqligicha qaytib karta balansiga qaytariladi. Ungacha ushbu pul miqdori “muzlatilgan” holda turaveradi. Ushbu xizmat turi ishtirokchilari xaridor, merchant va Yagona umumrespublika protsessing markazi hisoblanadi.

Pul miqdorining muzlatilish funksiyasining qo‘llanilishi mijozlarga bir qator qulayliklarni taqdim etadi:

— pul miqdori ajratilayotganda ular karta hisobida qoladi;

— mahsulot yoki xizmat turi ko‘rsatilganidan so‘ng xaridor to‘lovni amalga oshirishi mumkin;

— mijoz har doim haq: mahsulot yoki xizmat turi kerakli talablarga javob bermagan holatda undan bosh tortishingiz mumkin;

— tegishli talablarga javob berilganida merchant, ya’ni to‘lov punkti egasi tomonidan “muzlatilgan” pul miqdori to‘lanishiga ishonch hosil qilinadi;

— sotuvchi uchun o‘z auditoriyasini kengaytirish imkoniyati;

— ajratilgan pul miqdori boshqa sotuvchi hisobiga yo‘naltirilmaydi.

Ma’lum pul miqdorini muzlatishga qaratilgan yangi xizmat turi mijozlar uchun qator qulayliklarni keltirib chiqaradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq