O‘zbekistonda «Aholi elektron kartasi» yaratilishi mumkin
10.09.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi uy-joy fondini ekspluatatsiya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.

Loyiha bo‘yicha uy-joy fondini ekspluatatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish, XUJMSh uchun aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish, moliyaviy resurslarni kelib tushishi va taqsimotining samarali va oshkora mexanizmini yaratish uchun yurtimizdagi har bir uy-joy Hisob tizimiga ulanadi.

Tizim fuqarolarga xonadonlar, shuningdek, xususiy mulkdorlar shirkatining qarorlari va ekspluatatsiya xarajatlari haqida o‘z vaqtida ma’lumot olish imkonini beradi.

Bu borada kim xususiy operator-investor bo‘lishi tanlov asosida aniqlanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq