«Odnoklassniki» mobil o‘yinlar dasturchilari uchun chempionat o‘tkazadi. O‘zbekistonlik mobil o‘yin yaratuvchilari diqqatiga
10.09.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

«Odnoklassniki», Mail.Ru Games Ventures investitsiya bo‘linmasi bilan birga, OK Instant Games Cup – mobil HTML5 o‘yinlari ishlab chiquvchilari uchun chempionat o‘tkazishini e’lon qiladi. Tanlovda qatnashish uchun o‘yinlar ishlab chiquvchilar nominatsiyani tanlashlari va tanlov saytidagi maxsus shakl orqali OK plaftormasida oldin e’lon qilinmagan o‘yinni yo‘llashlari kerak bo‘ladi.

PRO nominatsiyasi OKda o‘yinlari e’lon qilinmagan tajribali dasturchilarga mo‘ljallangan. Bunda boshqa platformalardagi o‘z o‘yinlarini moslashtirish va ularni OKga ko‘chirishga ruxsat beriladi. Uchta eng yaxshi o‘yin ijtimoiy tarmoqda o‘yinning muayyan miqdorda yuklanishiga trafik oladi: g‘olib 1 millionta yuklash jalb qilishi mumkin.

New Star nominatsiyasiga o‘yinlar ishlab chiqish sohasidagi boshlovchi dasturchilar va o‘z o‘yinlarini hali ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilmagan jamoalar ariza topshirishi mumkin. G‘oliblar uchligi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: birinchi o‘rin uchun – 300 000 rubl, ikkinchi o‘rin – 200 000 rubl va uchinchi o‘rin uchun – 100 000 rubl. Pul mablag‘laridan tashqari, sovrindorlar Mail.Ru Games Ventures investitsiya bo‘linmasi jamoasidan o‘yin loyihasini yanada rivojlantirish bo‘yicha konsultatsiya olishga muyassar bo‘ladi.

Lekin, muhimi – eng yaxshi o‘yinlar dasturchilari o‘z o‘yinlari taqdimotini o‘tkazish va Mail.Ru Games Venturesdan investitsiyalar jalb qilish borasida noyob imkoniyatga ega bo‘ladilar.

Tanlovga ariza taqdim etish uchun “Odnoklassniki”da ro‘yxatdan o‘tish, o‘z profili yordamida ijtimoiy tarmoqda o‘yinni e’lon qilish va OK Instant Games Cup ro‘yxatga olish shaklida unga havolani keltirishi kerak bo‘ladi. Loyiha g‘oliblari va sovrindorlari 23 oktyabrda e’lon qilinadi. 26 oktyabrda Mail.Ru Group ofisida taqdirlash marosimi o‘tkaziladi, unga hay’atning ovoz berishi natijalariga ko‘ra chempionatning top-10 o‘yinlari ishlab chiquvchilari, o‘yin industriyasi vakillari va Mail.Ru Games Ventures venchur investorlari taklif etiladi.

Tanlovning to‘liq shartlari bilan okgamescup.ru rasmiy saytida tanishish mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq