Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tanatanli ravishda ochildi
10.09.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining tanatanli ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvaxidov, Senatorlar, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi rahbariyati, Oʻzbekistondagi xorijiy davlatlar elchilari va diplomatik kopus vakillari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Marosimni Abdujabbor Abduvaxidov tabrik soʻzi bilan ochib berar ekan, mazkur dargohdan jahon axborot makonida mamlakatmiz manfaatlarini himoya qiloladigan, yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik qayta oʻzgarishlar haqida keng jamoatchilikni, shu jumladan dunyo hamjamiyatini tezkor va xolisona xabardor qilishga qodir malakali kadlar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Tadbir davomida Universitetni tashkil etish va uni yangi oʻquv yiliga tayyorlashda yaqindan yordam koʻrstagan hamkor tashkilot va idoralarga sertifikatlar topshirildi. Mehmonlar Universitetda yaratilgan shariotlar va oʻquv jarayonining yoʻlga qoʻyilishi bilan tanishdilar.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2018-yil 24-maydagi qarori bilan tashkil etilgan boʻlib, ommaviy axborot vositalari sohasi uchun yuqori malakali, bir necha xorijiy tillarni mukammal biladigan xalqaro jurnalistlar hamda ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish boʻyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq