Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻi 9 xonali telefon raqamli tizimga oʻtmoqda
09.09.2018
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

2018-yil 10-sentabrdan boshlab yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻi 9 xonali telefon raqamli tizimga oʻtadi.

2018-yilning 10-sentabridan 30-sentabriga qadar 9 xonali telefon raqamli tizimga oʻtish Toshkent shahri va Toshkent viloyatida amalga oshiriladi.

Muhim: 2018-yilning 1-oktabridan boshlab, Toshkent shahri va Toshkent viloyati abonentlari uchun faqatgina 9 xonali telefon raqamlari amal qiladi.

Oʻzbekistonning boshqa viloyatlarida 9 xonali telefon raqamli tizimga oʻtish alohida jadval boʻyicha amalga oshiriladi va bu haqda qoʻshimcha tarzda maʼlum qilinadi!!!

DIQQAT!

Tezkor chaqiruv xizmatlari va qisqa 4 xonali raqamlarga qoʻngʻiroq qilish tartibi oʻzgarmaydi!!!

Xalqaro formatda qoʻngʻiroq qilish tartibi oʻzgarmaydi (+998-xxxxxxxxx).

Abonentlarga qulaylik yaratish uchun!

Raqamlar notoʻgʻri terilganda, bu haqda ogohlantiruvchi ovozli xabar tizimi yoʻlga qoʻyiladi (Hurmatli abonent, 9 xonali telefon raqamli tizimga oʻtish munosabati bilan, abonent raqamini operator kodi bilan turishingizni soʻraymiz). Bundan tashqari qisqa 1192 raqami orqali tunu-kun abonentlarni texnik qoʻllab-quvvatlash xizmati faoliyat koʻrsatadi.

Qanday qilib 9 xonali telefon raqami orqali mobil aloqa operatorini aniqlash mumkin?

Telefon raqami qaysi operatorga yoki viloyatga tegishli ekanligini www.rtmc.uz saytiga kirib, “Interaktiv xizmatlar” boʻlimidan, shuningdek, @uztbmbot telegramm-boti yordamida aniqlashingiz mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq