Oʻzbekiston va Belarus innovatsion texnologiyalar sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda
08.09.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi va Belorus respublikasi oʻrtasidagi hukumatlararo oltinchi qoʻshma yigʻilish doirasida Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosarlari Azimjon Nazarov hamda Yulbarsxon Mansurov Belorussiya delegatsiyasi vakillari bilan muzokaralar olib bordilar.

Muzokaralarda Belorus Respublikasi Ilm-fan va texnologiyalar davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sergey Sherbakov, Belarus Milliy Fanlar akademiyasi boʻlim rahbarlari Vladimir Podkopayev va Valentin Orlovich ishtirok etdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Belarus Respublikasi hukumati oʻrtasidagi ilm-fan hamda yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik boʻyicha Kelishuv” loyihasini ishlab chiqildi. Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish vazirligi va Belarus Milliy fanlar akademiyasi oʻrtasida ilm-fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Kelishuv” loyihasi ham yakuniga yetkazildi. Mazkur kelishuvlar imzolangach tomonlar ilmiy-texnikaviy maʼlumotlar bilan almashinish, hamkorlikda ilmiy-texnikaviy loyihalarni amalga oshirish, oʻzaro manfaatli tadqiqotlarni oʻtkazish, ishlanmalarni yaratish maqsadida olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar bilan almashish, ilmiy tadbirlar (konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar va stajirovkalar)da ishtirok etish, ilmiy-texnikaviy sohada qoʻshma tadbirlar tashkil etish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq