Vebster universiteti bilan hamkorlikda MBA, Data Analytics magistratura mutaxassisligi tashkil etiladi
07.09.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2019-yilning yanvar oyidan boshlab Amerika Qoʻshma Shtatlari Vebster universiteti bilan hamkorlikda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Biznes boshqaruvi magistri MBA, Kiber xavfsizlik mutaxassislgi Data Analytics boʻyicha magistratura dasturlari (bir yillik) boʻyicha tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 10-sentyabr kuni, soat 19:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDTU)da Vebster universiteti professorlari tomonidan onlayn translyasiya tashkil etiladi.

Ushbu seminar davomida oʻqishni tashkil etish, uning formatini kelishish, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarining mazmuniga tegishli boʻlgan bir qator maʼlumotlar beriladi. Seminarda ishtirok etish istagini bildirganlar Xalqaro aloqalar boʻlimida roʻyhatdan oʻtishi yoki interdep@tuit.uz elektron pochtaga oʻzi xaqidagi maʼlumotlarni 10-sentyabr soat 10:00 ga qadar yuborishi mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq