Toshkentda o‘tkaziladigan Mobicon 2018 konferensiyasining rasmiy sayti ishga tushdi
06.09.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Mobicon 2018 konferensiyasiga tashrif buyurishni istaganlar, endi mazkur tadbiring rasmiy saytiga — Mobicon.uz kirib, ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi. Ushbu saytda tadbir haqida, spikerlar haqida barcha ma’lumotlar joylangan. Shuningdek, saytda VIP-chiptalarni sotib olish haqida talab noma qoldirsa ham bo‘ladi.

Hozirda Mobicon.uz saytida tadbirda ishtirok etishi aniq bo‘lgan spikerlar haqida barcha ma’lumotlar bor. Bir necha kundan so‘ng tadbirda ishtirok etuvchi spikerlarning chiqish vaqtlari belgilangan aniq jadval ham e’lon qilinadi.

An’analarga sodiq qolgan holda, faqatbir kun – 11-oktyabrda Mobicon 2018 konferensiyasi International Hotel Tashkent mehmonxonasida o‘tkaziladi. Tadbirda tinglovchi sifatida ishtirok etish bepul. Taklifnomani qo‘lga kiritish uchun tadbirning rasmiy Telegram kanalida ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Konferensiyadan uch kun avval Telegram kanalning barcha obunachilariga elektron taklifnoma jo‘natiladi. Mazkur taklifnoma bilan konferensiya o‘tkazilayotgan binoga kirish mumkin.

Mobicon – O‘zbekistondagi mobile-sohasidagi muhim konferensiya bo‘lib, ketma-ket uchinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Har yili konferensiyada dunyoning va O‘zbekistonning eng yirik IT-kompaniyalarining yetakchi mutahassislari ishtirok etib keladi. Xususan, Beeline mutaxassisilari, Google, Yandeks, «Odnoklassniki», YouTube, Mail.ru Group va boshqa ko‘plab kompaniyalar.

Tadbir tashkilotchisi – Ledokol Group media agentligi. Ledokol Group Mobicon‘dan tashqari, 2011-yildan beri USENET internet-konferentsiyasini tashkil etib keladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq