IUT da o‘tkazilgan “Dasturlash soati” aksiyasida 300 nafarga yaqin bolajonlar ishtirok etishdi
05.09.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yilning 4-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolajonlar uchun o‘tkazilgan kuzgi “Dasturlash soati” aksiyasida 300 nafarga yaqin o‘g‘il-qizlar ishtirok etdilar.

Mazkur aksiya O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilib, bolajonlarni dasturlash olamiga jalb etishga mo‘ljallangan edi.

Loyiha doirasidagi dasturlash kurslari “Scratch” tilida o‘tilib, “Android” mobil ilovalari asosida veb-saytlarni yaratish o‘rgatiladi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasida yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, bunday aksiyalarni muntazam o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

2015-yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti 9 yoshdan oshgan o‘g‘il-qizlar uchun “Codecraft” loyihasini ishga tushirdi. Loyihaning maqsadi – bolajonlarning barcha salohiyatlarini ro‘yobga chiqarib, kompyuterda ijodiy ishlarni bajarishga o‘rgatishdir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq