Elektron kompyuter sporti — O‘zbekistonda rasmiy sport turi deya tan olindi
05.09.2018
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 15-avgust kuni mamlakatimizdagi rasmiy sport turlari ro‘yxatiga 100033001 kod ostida yangi – Elektron kompyuter sport turini kiritdi.

Esports Uzbekistan prezidentining infocom.uz nashriga bergan intervyusida aytib o‘tganidek: “Elektron kompyuter sporti O‘zbekistonda rasmiy sport turlari ro‘yxatiga kiritilishi natijasida, Federatsiya O‘zbekistonda ushbu sport turini rivojlantirishda qo‘shimcha impuls bilan ishlaydi.”

Eslatib o‘tamiz, yaqindagina o‘z yakuniga yetgan 2018-yilgi Osiyo o‘yinlari doirasida eSports sport musobaqalari ham o‘tkazildi. Musobaqa tashkilotchisi hisoblangan AESF (Asian Electronic Sports Federation) tarkibida 45 ta Osiyo mamlakatlari federatsiyalari orasida O‘zbekiston elektron kompyuter sporti Federatsiyasi ham bor.

2022-yilgi Osiyo o‘yinlarida elektron kompyuter sport musobaqalari asosiy bellashuvlar qatoriga kiritilishi va rasmiy maqomda tashkil etilishi kutilmoqda.

Qayd etib o‘tish kerakki, Elektron kompyuter sportining rasman sport turi deb tan olinishida Uzbekistan Esports Federationning tashabbusi va mehnatlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq