O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
02.09.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2018-yil 28-avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi doirasida navbatdagi seminar o‘tkazildi. Janubiy Koreyaning LG CNS kompaniyasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan mazkur seminarda 14 ta axborot-kutubxona markazlari va yetakchi axborot-resurs markazlari mutaxassislari ishtirok etdilar.

Seminar 2013-yil 17-dekabrdagi “Koreya Respublikasining iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik Fondining moliyaviy ko‘magida “Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasini birinchi navbatda amalga oshirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida”gi PQ-2088-son, 2014-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil Investitsion dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2264-sonli qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida, 2017-yil 14-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Janubiy Koreyaning LG CNS kompaniyasi o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra «Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi doirasida tashkil etildi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari U.Teshabaeva seminar ishtirokchilarini qutladi va mazkur loyihaning ahamiyati, bugungi kunda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, U.Teshabaeva loyiha doirasida axborot-kutubxona muassasasi xodimlari oldiga qo‘yilgan talablarni alohida ta’kidladi.

Futurenury kompaniyasi mutaxassislari, TULIP dasturi Bosh menedjeri Jo Dak Keun va menedjer David Kvon seminar ishtirokchilariga «Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi veb-saytidan o‘rin olgan avtomatlashgan axborot-kutubxona tizimi dasturining test ko‘rinishini taqdim etdilar. Ular veb-saytining komplektlash, kataloglashtirish, kitob berish kabi modullar bo‘ycha ishni tashkil qilish ketma-ketligi, ularga yuklanishi zarur bo‘lgan resurslar, foydalanuvchilar ro‘yxati, to‘liq matnli ma’lumotlarni jamlash va yangi, ishga tushayotgan dasturga yuklash haqida ko‘rgazmali ma’lumot berdilar. Shuningdek, ma’murlar uchun statistik ma’lumotlar yig‘ish imkoniyatlarini batafsil tushuntirib berdilar.

Janubiy Koreyaning LG CNS kompaniyasi mutaxassisi, trener David Kim ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishtirdi, TULIP Web loyihasida qatnashuvchi axborot-kutubxona muassasalari veb-saytlari ishlash tizimida vujudga kelgan muammolar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil qildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Seminar yakunida axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq