MUIC rezidentlarining AKT vazirligi vakillari bilan uchrashuvi natijalari
01.09.2018
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» (MUIC) tashabbusi bilan MUIC rezidentlari bilan birgalikda joriy yilning 26-avgustida O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda rezidentlar tomonidan ko’tarilgan telekommunikatsiya sohasida litsenziyalash muammolari, aynan, ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini litsenziyalash masalalari muhokama qilindi.

Shunday qilib, hammasini bir boshidan tartib bilan boshlaymiz. Bularning hammasi MUIC resident-kompaniyasi AKT vazirligiga internet-provayderining (AKT vazirligi litsenziyasiga ega bo’lgan) serveriga yuklab olinadigan va Internet orqali boshqariladigan, ya’ni SaaS modeli bo’yicha, mobil dastur uchun litsenziya olish masalasini aniqlashtirish haqida iltimosnoma bilan xat yozishidan boshlandi. Telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalash bo’yicha amaldagi qonunchilikni ko’rib chiqib, rezidentda ushbu holatda litsenziyani olish zarurligi haqida savol tug’ildi.

Shu munosabat bilan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tegishli so’rov yuborildi. Vazirlik maktubga javob qaytardi, ammo unda «Ushbu holatda litsenziya olinishi kerakmi yoki yo’qmi?» degan aniq savolga to’liq javob berilmagan. Shundan so’ng, bu masala tez orada rezidentlarning Telegram-guruhida muhokama qilinadigan asosiy mavzuga aylandi. Agar sodda tilda gapiriladigan bo’lsa, ushbu ilova uchun litsenziya olish talabi bunday o’xshashlik bilan tavsiflanishi mumkin: shaxs A nuqtadan B nuqtaga posilkani yuborishni istaydi. U tashish uchun litsenziyaga ega bo’lgan taksiga buyurtma beradi. Bunda to’satdan shu narsa ma’lum bo’lib qoladiki, taksi orqali posilka jo’natish uchun mijozning o’zi ham xuddi shunday litsenziyaga ega bo’lishli kerak ekan! Rezidentlar o’rtasida bu masalani muhokama qilish ohangi keskinlashib bordi …

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» ning vazifalari rezidentlarning tarraqiyoti va manfaatlarini himoya qilishni o’z ichiga olganligi sababli, MUIC barcha masalalarga uzil-kesil oydinlik kiritish maqsadida rezidentlar va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vakolatli vakillari uchrashuvini tashkil etishga qaror qildi… Shunday qilib, 26 avgust kuni hamma stol atrofiga to’plandi. Uchrashuvda SaaS modeli (foydalanish uchun onlayn dastur ta’minoti), PaaS (foydalanish uchun onlayn platforma ta’minoti) xizmatlari, shuningdek, bulutli hisoblashlardan foydalanadigan boshqa xizmat turlari bo’yicha xizmatlar ko’rsatish masalalari muhokama qilindi. Xususan, telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalash to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq, yuqorida keltirilgan ushbu xizmatlarni taqdim etishda litsenziya olish zarurligi ko’rib chiqildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vakillari amaldagi qonunchilikda telekommunikatsiya xizmatlarining juda keng shakllari berilganini e’tirof etdilar, bu esa ma’lumotlar uzatish tarmog’i bilan bo’g’liq har qanday faoliyatning litsenziyalanishiga olib keladi.Uchrashuv natijalariga ko’ra Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan MUIC ushbu sohada litsenziyalashning xorijiy tajribasini o’rganishi va Innovatsiya Markazining rezidentlarining fikrlarini hisobga olgan holda, litsenziyalash sohasidan SaaS va PaaS modellari bo’yicha amalga oshirilasigan faoliyatni (ma’lumotlarni uzatish tarmog’i xizmatlarini ekspluatatsiya qilish va taqdim etish) olib tashlashni nazarda tutuvchi amaldagi qonunga o’zgartirish kiritish bo’yicha takliflar tayyorlaylashi haqida kelishib olindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq