«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi bilan Memorandum imzolandi
30.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«Elektron hukumat» markazi «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi bilan hamkorlik va o‘zaro aloqa memorandumini imzoladi.

Hujjatni imzolashdan ko‘zlangan maqsad davlat xizmatlarini ko‘rsatish muammolari hamda ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishdagi dolzarb masalalar yuzasidan jamoatchilik fikrini o‘rganishdan iborat.

Shuningdek, «Ijtimoiy fikr» markazi bilan birgalikda amaliy va innovatsion loyihalar tashkil etiladi, qo‘shma marketing va boshqa ilmiy-tadqiqotlar o‘tkaziladi, AKT tuzilmasini rivojlantirishga doir jamoatchilik fikrini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan so‘rovlar bo‘yicha statistik ma’lumotlar, shuningdek, ilmiy maqolalar va tadqiqotlar o‘zaro almashiladi.

Shu bilan birga, hujjatga ko‘ra tomonlar amalga oshirilayotgan islohotlarning, oliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining farmonlari mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida jamoatchilik fikrini aniqlab olish bo‘yicha tahliliy ishlarni olib boradilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq