AKT vazirligi “Digital CASA” dasturi doirasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha seminarda ishtirok etmoqda
29.08.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

AKT vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va “Oʻzbektelekom” AK vakillari “Digital CASA” dasturi doirasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida “Jahon banki” hamda Qirgʻiziston Respublikasi Axborot texnologiyalari va aloqalari davlat qoʻmitasi tomonidan tashkillashtirilgan mintaqaviy seminarda ishtirok etishmoqda.

Mazkur seminar “Digital CASA” dasturi doirasida Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo davlatlari oʻrtasida mintaqaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi umumiy tushunchani shakllantirishga va yoʻnalishlarni belgilashga qaratilgan. Bu “Digital CASA”ga aʼzo mamlakatlarning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga koʻmaklashadi.

Tadbir yakunlari boʻyicha barcha delegatsiyalar ishtirokida Seminar rezolyutsiyasi ishlab chiqiladi.

Afgʻoniston, Qirgʻiziston Respublikasi va Oʻzbekistonlik ishtirokchilar raqamli transformatsiyaning asosiy yoʻnalishlari va mamlakatdagi ustuvorliklari boʻyicha oʻz qarashlarini baham koʻrishadi. Bundan maqsad mintaqa miqyosida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va mintaqaviy kooperatsiya uchun salohiyat hamda kamchiliklarni aniqlashdir.

Seminar doirasida mintaqaviy jihatlariga eʼtibor qaratilgan holda “Digital CASA” dasturining asosiy tarkibiy qismlariga mos, jumladan, raqamli aloqa va raqamli infratuzilmani rivojlantirish, maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari, platformalar va aqlli yechimlar mavzusida mavzuli bahs-munozaralar boʻlib oʻtadi.

“Digital CASA” Mintaqaviy dasturining asosiy maqsadi bugungi kunda davlat tarmogʻi raqamli transformatsiyasini, iqtisodiyot va jamiyatning anʼanaviy tarmoqlarini rivojlantirishga koʻmaklashadigan iqtisodiy oʻsishga taʼsir koʻrsatib, jahon iqtisodiyotiga tezroq qoʻshilish imkoniyatini beradigan raqamli texnologiyalar taqdim etayotgan imkoniyatlardan toʻliq foydalanish uchun zarur boʻlgan asoslarni yaratishdan iborat.

Barcha uchun yuqori tezlikdagi va ommabop internetdan foydalanish imkoniyatini oshirish — rivojlanayotgan mintaqaviy raqamli iqtisodiyot uchun davlat raqamli xizmatlarni taqdim etish boʻyicha Hukumat salohiyatini oshirish imkonini beradi. “Digital CASA” Mintaqaviy dasturini amalga oshirish natijalari yangi ish oʻrinlarini yaratish, innovatsiya va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirishga taʼsir qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq