Toshkent shahridagi Inha universiteti “Dasturlash soati” aksiyasini o‘tkazadi
28.08.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yilning 4-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti 9 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar uchun «Dasturlash soati» aksiyasini o‘tkazadi.

Aksiya O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda.

2015-yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun «Codecraft» loyihasini ishga tushirdi. Loyihaning maqsadi – bolajonlarning barcha salohiyatlarini ro‘yobga chiqarib, kompyuterda ijodiy ishlarni bajarishga o‘rgatishdir.

Hozirda loyiha doirasidagi dasturlash kurslari «Scratch» tilida o‘tilib, «MIT App Inventor 2» platformasidagi «Android» mobil ilovalari asosida veb-saytlarni yaratish o‘rgatiladi.

10-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan aksiya davomida qatnashchilar bir soat ichida o‘yinlarni, mobil ilovalarni yoki veb-sahifalarni yaratish bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni olishadi.

Aksiyada ishtirok etishni istaganlar http://codecraft.uz/hour-of-code/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Joylar soni cheklangan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq