Standart pochta markasining chiqarilishi haqida
28.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Standart pochta markasida O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi qushlar tasvirlangan.
«O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018-yil 17-avgustdan nominali 1800 so‘mlik bo‘lgan standart pochta markasi muomalaga kiritildi.
Pochta markasi bir rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markasining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Markaning o‘lchami 26×18,5mm. Kaneves Ye. – rasmi. Rangi – qizil.
Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.
1320. «Cygnus olor» (Oq qush-vishildoq) Nominali – 1800 so‘m. Adadi 1 500 000 nusxa.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq