“O‘zbekiston Temir yo‘l vokzallari” kichik varaqning chiqarilishi haqida
28.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Turkum Toshkent shahri va viloyatlar markazlaridagi stansiyalariga (vokzallar) bag‘ishlangan. Ushbu turkum kichik varaq ko‘rinishida chop etilgan. Kichik varaq 9 ta pochta markasidan va klyasserdan iborat. Pochta markalarida Toshkent shahri va viloyatlar markazlarining vokzallari binosi tasvirlangan.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018-yil 17-avgustdan “O‘zbekiston Temir yo‘l vokzallari” nomli pochta markalari turkumi muomalaga chiqarildi.

Kichik varaqning hoshiysida “Afrosiyob” tezyurar elektropoezdi tasvirlangan. Yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida «O‘zbekiston Temir yo‘l vokzallari» yozuvi joylashgan. Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan.

Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Kichik varaqning o‘lchami 195x170mm. Pochta markalarining o‘lchami 52×37 mm. Adadi 5 ming nusxa. Dizayner — Kaneves Ye.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan:

1321. “Toshkent vokzali” Nominali – 6500 so‘m

1322. “Toshkent Janubiy vokzali” Nominali – 3700 so‘m

1323. “Qarshi vokzali” Nominali – 1100 so‘m

1324. “Andijon vokzali” Nominali – 1100 so‘m

1325. “Buxoro vokzali” Nominali – 1800 so‘m

1326. “Urganch vokzali” Nominali – 1800 so‘m

1327. “Nukus vokzali” Nominali – 3700 so‘m

1328. “Samarqand vokzali” Nominali – 900 so‘m

1329. “Jizzax vokzali” Nominali – 900 so‘m

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq