Davlat organlarining veb-saytlari haqida ma’lumot bir joyda
28.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Hurmatli foydalanuvchilar!
Siz davlat organlari haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ularning idoralariga tashrif buyurishingizga hojat yo‘q.
Hozirgi kunga kelib, deyarli barcha davlat organlari o‘z rasmiy veb-saytlariga ega va umumiy 128ta davlat organlarining veb-saytlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida (www.gov.uz) joylashtirilgan.
Bu portalda 18 ta vazirlik, 13 ta davlat qo‘mitasi, 6 ta agentlik, 2 ta markaziy muassasa, 8 ta bank, 2 ta qo‘mita, 6 ta markaz, 9 ta inspeksiya, 14 ta mahalliy davlat hokimiyati organi, 6 ta assotsiatsiya va konsern, 24 ta kompaniya, 7 ta birlashma, 2 ta jamg‘arma va 11 ta boshqa davlat tashkilotlari veb-saytlariga havolalar berilgan: https://www.gov.uz/uz/pages/government_sites
Hurmatli foydalanuvchilar, Internet tarmog‘ida faol bo‘ling va fuqarolik pozitsiyangizni mustahkamlash uchun yaratilgan inkoniyatlardan to‘liq foydalaning.