Analitika: uchuvchisiz havo apparatlari xizmati bozori 2023-yilda katta o‘sish ko‘rsatkichini kutmoqda
28.08.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

2018-yil oxiriga qadar uchuvchisiz avialaynerlar bozorining hajmi 110,2 million AQSH dollaridan 538,6 millionga yetishi kutilmoqda, deyiladi MarketsandMarkets’ning bozor tadqiqotlari bo‘yicha yangi hisobotida.

Xizmat ko‘rsatish bozorida bunday o‘sishning sababi nimada? Bu o‘sishning sababi – xavfli ishlarni amalga oshirish joylariga uchib borishi zarur bo‘lgan sanoat samolyotlariga bo‘lgan talabning o‘sishidir. Ular elektr uzatish liniyalari, neft qurilmalari, olis masofalardagi va boshqa xavfli infratuzilma obyektlarida joylashgan gaz quvurlari bo‘lishi mumkin. Matbuot-reliziga ko‘ra, ushbu segment prognoz davrida uchish bozorining eng katta qismini ta’minlaydi. Bu, avvalambor, aholining o‘sishi va elektr energiyasiga bo‘lgan talabning oshishi hisobidan o‘sib boradi. Quvvat segmentida uchuvchisiz havo vositalaridan foydalanish potensial xavfli hududlarda ishchilarning xavfsizligini oshirishi va ularga zarur ishni masofadan bajarishga imkon beradi. Hisobotda beshta mintaqada, jumladan, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Yaqin Sharq va Afrikada uchuvchisiz havo qurilmalaridan foydalanish jarayoni tahlil qilinadi. Shimoliy Amerika, energetika infratuzilmasiga investitsiyalarni ko‘paytirish, shu jumladan, energiya sarfini va qayta tiklanadigan energetikaga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda, bozor yetakchisi bo‘lib hisoblanadi. Xuddi shunday, kompaniyalar bir qator muammolarni hal qilishi uchun uchuvchisiz havo vositalarining texnologiyasidan foydalanadilar. Ko‘plab IT-bo‘limlar uchuvchisiz havo vositalarini o‘zlarining biznes rejalariga yanada yaxshiroq moslashtirish uchun choralar ko‘rmoqda.

O‘zbekistonda uchuvchisiz havo vositalarini ishlab chiqarish tashkil etiladi

Xitoy Xalq Respublikasining «BShark Holdings Ltd.» (XXR) va «Davyergeodezkadastr» qo‘mitasi qoshidagi “Geoinnavatsiya markazi” DUK zamonaviy pilotsiz texnologiyalarni rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. “Geoinnavatsiya markazi” DUK bir guruh xodimlar Xitoy Xalq Respublikasining Shenchjen shahriga qilingan tashrif chog‘ida memorandum imzolandi. Imzolangan memorandumga muvofiq tomonlar birgalikda o‘qitish dasturlarini ishlab chiqadilar, seminarlar o‘tkazadilar, o‘zaro manfaatli sohalarda mutaxassislar bilan almashinadilar, hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun ikki tomonlama ishchi tashriflar tashkil etadilar, PUA ning yangi loyihalari bo‘yicha tadqiqotlar, ishlanmalar, PUA ishlab chiqarish hamda ekspluatatsiyasi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida olingan natijalarga oid axborot va tajriba almashib turadilar. «BShark Holdings Ltd.» (XXR) kompaniyasi ishlab chiqarish uskunalari va texnologiyalarini yetkazib berish, xodimlarni o‘qitish, sotuvlar va marketing bo‘limini tashkil qilish va muvofiqlashtirish kabi ishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq