2022-yilda Yaponiyada sun’iy intellektdan foydalanuvchi 10ta shifoxona tashkil etiladi
28.08.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Yaponiya hukumati shifoxonalar yaratish uchun sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalangan holda, shifoxonalar qurish uchun korxonalar va ilmiy jamoatchilik bilan kuchlarni birlashtirmoqda, sababi ular bemorlarni parvarishlash uchun ko‘proq vaqt sarflaydigan va xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar yetishmasligi o‘tkir muammolarini boshdan kechirmoqdalar.

Hukumat yarim asr mobaynida $100 mln.lik loyihani amalga oshirishni, 2022-moliyaviy yil oxirigacha 10ta eksperimental-tajribaviy shifoxonani yaratishni rejalashtirgan. Sun’iy intellekt diagnostikani aniqlashda yordam berish uchun testlar va suratlarni tahlil qilish bilan bemorning tibbiy ma’lumotlarini yangilashdan boshlab, keng ko‘lamli vazifalarni hal qilish uchun qo‘llanilishi mo‘ljallanmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar Yaponiyada tizimli salomatlik muammolarini hal qilish, jumladan, shifokor va hamshiralarning surunkali yetishmovchiligi, hatto ba’zi hududlarda umuman mavjud emasligi holatini bartaraf etish va tibbiyot darajasining ko‘tarilishiga qaratilgan. Ushbu tashabbus Yaponiyani jahon bosqichida raqobatbardosh qilishga yordam beradi, sun’iy intellekt rivojlanishini rag‘batlantiradi va tibbiy uskunalar eksportini oshirishga yordam beradi.

Dasturda uchta vazirlik – Ta’lim vazirligi, Sanoat va Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy o‘rinni egallaydi. Yoz faslida loyihaga kompaniya shifoxonalarni va sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassislar hamda tibbiyot uskunalarini ishlab chiqaruvchilarni jalb qilishni boshlaydi. Loyihaning asosiy tuzilmasi sentabr oyida aniqlanadi va dastlabki bosqichdagi ishlar saraton kasalliklarini davolashga yo‘naltiriladi. Loyiha ishtirokchilari sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlovchi dasturlarni ishlab chiqadilar, ular bemorlarning tibbiy ma’lumotlariga ularni ko‘rik va tekshiruvlar vaqtida, shifokorlar bilan suhbatlarga asoslangan holda, avtomatik ravishda, ma’lumot kiritadilar. Bu shifokorlar bemorlarga e’tibor berishlari va ularning ahvolini muhokama qilish uchun ko‘proq vaqt ajratishlari uchun yaxshi imkoniyatdir. Shuningdek, sun’iy intellekt qon tahlili kabi boshqa ma’lumotlarni qayta ishlash uchun magnit-rezonans tomografiya va endoskopik tekshiruvni tahlil qilish uchun ishlatiladi. U hatto davolanishning eng to‘g‘ri usullarini tanlash uchun bemorlarning DNKlarini o‘rganadi. 2016-yilda Yaponiyada shifokorlar ko‘rigi tarixiy maksimal darajada 319 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa-da, ular odatda, mamlakatning markaziy hududlarida ish yuritganlar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq