Yevropa regulyatorlari smartfonlar uchun yagona quvvat qurilmalariga ixtiyoriy o‘tish jarayoni o‘zini oqlamadi, deb hisoblamoqdalar
27.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Ehtimol, boshqa yondashuvlar samarali amalga oshar.

Yevropa Ittifoqining tartibga soluvchi-regulyatorlari mobil telefonlarni bitta zaryadlovchi qurilmaga o‘tkazishni rag‘batlantirish harakatlari ehtimolini o‘rganishni rejalashtirmoqdalar. Ushbu vazifa telekommunikatsiya ishlab chiqaruvchilari tomonidan ushbu maqsadga erishishda taraqqiyot darajasining yetishmasligi munosabati bilan tartibga soluvchi-regulyatorlari tomonidan ta’kidlandi. Bu haqda manbada Yevropa raqobat komissiyasida mas’ul Margret Vestager (Margrethe Vestager) so‘zlari eslatib o‘tilgan. Yevropa Komissiyasi deyarli o‘n yil mobaynida bitta zaryadlovchi qurilmani joriy etishni talab qilib kelmoqda, sababi ushbu masala iste’molchilarga noqulaylik tug‘dirmoqda va mazkur qurilmalar har yili katta miqdordagi elektron chiqindilarga aylanmoqda.

2009-yilda Yevropa Ittifoqi tomonidan bosim ostida Apple, Samsung, Huawei va Nokia kabi o‘n to‘rtta kompaniya ixtiyoriy ravishda o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar, ular 2011-yilda ishga tushadigan yangi smartfon modellari uchun zaryadlovchi qurilmalarini «moslashtirish»ga va’da berdilar. Shartnoma 2012-yil yakunlanganidan so‘ng, ba’zi kompaniyalar 2013 va 2014-yillarda xuddi shunday majburiyatlarni oldi. Biroq Yevropa Ittifoqida ushbu holatni qoniqarsiz deb hisolamoqdalar. «Bunday ixtiyoriy yondashuv bilan qoniqarsiz rivojlanishni hisobga olgan holda, Komissiya yaqinda boshqa variantlarning amalga oshirilishi mumkinligini baholash uchun tadqiqotlarni boshlaydi», — deydi Vestager.

Manba: www.reuters.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq