MTS aloqa operatori shaxsni tanish imkoniyatiga ega simkomatlar o‘rnata boshladi
27.08.2018
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

MTS kompaniyasi Rossiyada SIM-kartalarni ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zining birinchi avtomat qurilmasini o‘rnatish to‘g‘risida e’lon qildi. Terminal yangi abonentlarga SIM-kartalarni chiqarib berish imkonini beradi.

Ushbu jarayon shaxsiy va biometrik ma’lumotlarni qayta ishlash vositalaridan kelib chiqqan holda, to‘liq avtomatlashtirilgan. Axborotni tashqi va ichki tarmoq hujumlaridan muhofaza qilish maxsus dasturiy ta’minot to‘plami tomonidan ta’minlanadi. SIM-kartani olish uchun foydalanuvchi pasportining uchta varag‘ini skanerlashi, aniqlangan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlashi va terminali ichiga o‘rnatilgan kamera bilan suratga olishi kerak. Shundan so‘ng, qurilma fotosuratni foydalanuvchining yuzi bilan avtomatik rejimda, pasporti asosida tekshiradi. Identifikatsiya muvaffaqiyatli bo‘lsa, mijoz SIM-kartani oladi. Barcha jarayonlar uchun bir necha daqiqa vaqt talab etiladi.

MTS’ning shaxsni tanish funksiyasiga ega birinchi simkomati Tataristonning Innopolis shahrida paydo bo‘ldi. Joriy yilning oxiriga qadar Rossiyaning o‘nlab shaharlarida – temir yo‘l stansiyalari, aeroportlar, mehmonxonalar va savdo markazlari hududida 100ga yaqin bunday avtomatlarni o‘rnatish rejalashtirilgan. 18 yoshdan oshgan har qanday shaxs Rossiya Federatsiyasi pasportiga asosan SIM kartani olishi mumkin. Kelajakda terminallar boshqa davlatlarning fuqarolariga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

Manba: www.mts.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq