Huawei yetkazib berish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallash rejalarini e’lon qildi
27.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Xitoyning Huawei Technologies Co Ltd kompaniyasi iyun oyida dunyodagi ikkinchi yirik smartfon ishlab chiqaruvchisi nomiga sazovor bo‘ldi.

Huawei Technologies Co Ltd kompaniyasi joriy yilda 200 million dona smartfoni yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu o‘tgan yilgi keskin pasayish ko‘rsatkichidan keyin qayta tiklanishini ko‘rsatmoqda.

Huawei bozordagi 153 million dona smartfoni bilan 2016-yilga nisbatan 10 foizga oshirgan holda, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 31 foizni tashkil etdi. Shuningdek, 2016-yilda yetkazib berish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 29 foizga oshganini qo‘shimcha qilish zarur. Huawei yaqinda bo‘lib o‘tgan brifingda kompaniyaning joriy yilning birinchi yarmida 95 million donadan ziyod smartfonlarni jo‘natgani va kelgusi yilning to‘rtinchi choragida dunyodagi eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallashini ta’kidladi. Huawei tomonidan Xitoyda dunyodagi eng yirik smartfon bozorining rivojlanish jarayoni sekinlashuviga qaramay, yetkazib berish bo‘yicha optimistik prognoz e’lon qilindi. Analitiklarning fikriga ko‘ra, Huawei, shuningdek, ko‘proq funksional smartfonlarni ishlab chiqarganligi sababli raqobatchilar oldida ham muvaffaqiyat qozondi. «Kelasi yili ham ikkinchi o‘rinda turishimizga hech shubha qilmaymiz; kelgusi yilning to‘rtinchi choragida esa biz birinchi bo‘lamiz», — deydi brifingda Huawei iste’molchilar biznes guruhi bosh direktori Richard Yu.
Manba: www.reuters.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq