Panasonic biznes-sektori uchun to‘liq himoyalangan 5-avlod Toughpad FZ-G1 planshetlarini ishlab chiqardi
20.08.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Panasonic korporatsiyasi Windows 10 Pro asosida ishlab chiqarilgan Panasonic Toughpad FZ-G1 to‘liq himoyalangan biznes planshetlarining beshinchi avlodi ishlab chiqarilishni e’lon qildi. Mk5 ning yangi versiyasi takomillashtirilgan Intel Core i5-7300U vPr protsessori evaziga kam quvvat sarflab, mahsuldorligi yaxshilanishi ta’minlangan. Operativ xotirasi (8 Gbaytgacha) va qattiq diski (256 Gbaytgacha SSD) miqdorida qo‘shimcha yuqori termal tasvirlash kamerasini o‘rnatish imkoniyati bilan birga, Toughpad FZ-G1 ni ishbilarmonlik tarmoqlari va ilovalar uchun juda yaxshi yechimdir.

Multitach texnologiyasiga ega sig‘imli displeyi evaziga suv o‘tkazmas IP55 digitizer va moslashuvchan portlar konfiguratsiyasiga ega planshet dala sharoitlarida ishlashda optimal va samarali bo‘lib, undan hatto yomg‘ir sharoitida ham foydalanish mumkin. Moslashuvchan konfiguratsiya biznes-foydalanuvchilari uchun to‘liq himoyalangan, xavfsiz, ixcham va yengil shakli sababli zarur bo‘lgan portlarni o‘rnatish imkonini beradi. Flir Lepton 3.5 (optsiya) termal tasvir kamerasi bilan suratga olish va boshqa biznes-ilovalariga bog‘liq holda va meta-ma’lumotlarni qo‘shib, aniq infraqizil tasvirlarni, misol uchun, QR-kodlarni qayta ishlash imkonini beradi. Kamera yuqori qamrovli (160×120), bir soniyada 8 kvadrat chastotali videoni qo‘llab-quvvatlaydi va haroratni 450ºC gacha, +/- 5ºC (yuqori aniqlik rejimida): -10 dan 140ºC gacha ± 5ºC yoki ± 5%, yanada keng diapazondagi: -10ºCdan 450ºC ± 10ºC yoki ± 10%) aniq o‘lchashi mumkin.

Planshetning o‘zi MIL-STD 810G va IP65 himoya standartlariga javob beradi va batareyani almashtirish mumkinligi tufayli zarur darajada ishlaydi. Batareyaning ishlash muddati 11 soatgacha (qo‘shimcha katta batareya bilan 22 soatgacha)ni tashkil etadi. Ushbu yechim favqulodda va tezkor xizmatlar, mudofaa sektori, ishlab chiqarish liniyasini va sifat nazorati, kommunal va ta’mirlash xizmatlari, neft-gaz, aviatsiya, avtomobilsozlik va qurilish sohasida nazorat qilish uchun ishlab chiqarishda qo‘llanilishi mumkin. Boshqa variant esa mobil tijorat uchun yagona yechimdir. Bu planshetni dunyodagi yetakchi mobil to‘lov yechimlari (Ingenico iSMP4 va Verifone e355 kabi) bilan kompleks mPOS terminaliga birlashtirishga imkon beradi, u to‘liq xususiyatli kassa majmuasining o‘rnini bosishi mumkin.

Qurilmada ikki o‘lchovli, hisoblovchi shtrix kodli, GPS, mikro SD, 2-USB 2.0, simli LAN yoki hisoblovchi smart-karta moslashuvchan konfiguratsiya imkoniyatlari mavjud. Panasonic Computer Product Solutions kompaniyasi marketing bo‘yicha direktori Jan Camperning so‘zlariga ko‘ra: «So‘nggi yangilanishlar bozorda eng ommaviy to‘liq himoyalangan planshetlardan biriga aylandi. Yangi avlod planshetlari hozirgi kunda har qanday sanoat sektori sohasidagi muayyan ehtiyojlarga moslashuvchandir».

Manba: www.panasonic.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq