Hindistonning IT-kompaniyasi O‘ZRTXB ga tashrif uyushtirdi
20.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Joriy yilning 16-avgust kuni O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasiga “IRIS Business Service Limited” kompaniyasi asoschisi Svaminatan Subramaniam tashrif buyurdi. Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad birja bozorida savdo operatsiyalari jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llashni joriy qilish masalasini muhokama qilish bo‘ldi.
Uchrashuv davomida janob Svaminatan o‘z kompaniyasining faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, u yaratgan dasturiy mahsulotlar butun dunyo bo‘ylab elektron to‘plam va moliyaviy axborotning tahlil qilish sohalarida keng qo‘llaniladi. Kompaniya, shuningdek, hisobotlashtirishning xalqaro standarti hisoblangan xalqaro XBRL (eXtensible Business Reporting Language) tizimi asosida har bir vazirlik, agentliklar, muassasalar uchun alohida yechimlar ham ishlab chiqishi mumkin.
Muhokamalar davomida birja savdolarining elektron tizimi, Hisob-kitob kliring palatasi orqali olib boralidagan hisob-kitoblar va birjada axborot texnologiyalarini qo‘llash amaliyoti bilan tanishib chiqdi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, tomonlar kelgusidagi hamkorlik borasida keng miqyosda muhokamalar o‘tkazishga kelishib oldilar.