Hindistonning axborot texnologiyalari bo‘yicha delegatsiyasi IUT ga tashrif buyurdi
20.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Hindistonning axborot texnologiyalari bo‘yicha delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.

Hindiston delegatsiyasi tarkibiga axborot texnologiyalari sohasida ishlaydigan turli davlat idoralari, texnoparklari va xususiy kompaniyalar vakillari kirdi.

Delegatsiya axborot texnologiyalari bo‘yicha O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi.

Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrifi chog‘ida mehmonlar axborot texnologiyalari va logistika kabi yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan universitet ta’lim faoliyati bilan tanishdi.

Hindiston delegatsiyasi, shuningdek, yoshlar o‘rtasida aniq fanlar o‘rganishni targ‘ib qilish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi faoliyati bilan tanishdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq