Corning: Gorilla Glass 6 shishasi bir metr balandlikdan 15 marta tushib ketishda ham sinmaslikka chidamli
20.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Dunyo bo‘ylab Toluna onlayn tadqiqot xizmatining so‘roviga ko‘ra, har bir foydalanuvchi mobil telefonini yiliga o‘rtacha yetti marta yuqoridan pastga tushirib yuboradi.

Shu bilan birga, holatlarning 50 foizi taxminan 1 metr balandlikdan tushib ketish holatida sodir bo‘ladi. Ushbu statistik ma’lumotlar Gorilla Glass 6 yangi avlod himoyalangan shishalari e’lon qilingan Corning kompaniyasining press-relizida bayon etilgan. Ishlab chiqaruvchilar tasdiqlashicha, yangi avlod shisha kompozitsiyasi evaziga kutilmagan sharoitlarda yuqoridan tushib ketgan smartfonlarning «tirik qolish» ehtimoli ortadi. Laboratoriya sinovlarida Gorilla Glass 6 bir metr balandlikdan qattiq yerga 15 marta tushib ketishga chidamli ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu ko‘rsatkich Gorilla Glass 5dan deyarli ikki baravar yuqori. Kompaniya o‘z ishlanmasining muhimligini ta’kidlab, zamonaviy smartfonlar displeyi ko‘proq frontal maydonni egallashi va korpusining yuzasi yanada ishonchli himoyani talab qilishini eslatib o‘tdi. Bundan tashqari, simsiz zaryadlash funksiyasining paydo bo‘lishi bilan mobil qurilmalar paneli tobora ko‘proq shishadan ishlab chiqilmoqda, bu esa ularning mustahkamligi masalasini ham qiyinlashtiradi.

Biroq laboratoriya tekshiruvlari odatda, qulay sharoitlarda amalga oshirilishini tushunish lozim. Haqiqiy hayotda gadgetning tushib ketishi natijasidagi holat yuzaning turi, bo‘yi, ta’sir burchagi va boshqalar kabi ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi. Gorilla Glass 6 mahsulotining tijoratga joriy etilishiga kelsak, Corning kompaniyasi smartfonlari bir necha oydan buyon bozorga chiqarilishi kutilmoqda. Corning ma’lumotlariga ko‘ra, Gorilla Glass oilasining chidamli shishalaridan 45 brend ostida 6 milliarddan ortiq qurilmalarda foydalanish rejalashtirilgan.

Manba: www.3dnews.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq