O‘zbekiston hindistonlik sheriklar bilan AT sohasidagi hamkorlikni rivojlantirmoqda
19.08.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

17-avgust kuni Toshkentda axborot texnologiyalari bo‘yicha O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma ishchi guruhining ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Hindiston Respublikasining dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi rolini inobatga olgan holda, AKT vazirligi tomonidan ham davlat, ham xususiy tarmoqda hindistonlik sheriklar bilan axborot texnologiyalari sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish ustida ish olib borilmoqda.

Majlis davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha rejalashtirilayotgan ishlar ma’lum qilindi.

AT-sanoatining rivojlanishida asosiy omil kadrlar salohiyati hisoblanadi. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan Javoharla’l Neru nomidagi O‘zbekiston-Hindiston o‘quv markazining salohiyatidan yanada kengroq foydalanish maqsadida, markur markazni Hindiston yetakchi kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish markazi (C-DAC) bilan hamkorlikni kuchaytirish taklif qilindi.

м

Shuningdek, ikki mamlakatning tarmoq universitetlari, ya’ni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Dehli texnologiyalari universiteti hamda Dehli shahridagi Hindiston texnologiyalar institutlari o‘rtasida akademik hamkorlikni kengaytirish taklif etildi.

AT-parklar faoliyatini rivojlantirishda Hindistonning boy tajribasini inobatga olgan holda, Mirzo-Ulug‘bek Innovatsiya markazi va Hindiston dasturiy ta’minotlar texnoparki o‘rtasida hamkorlik hamda tajriba almashish masalalari, shuningdek, O‘zbekiston elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi hamda Hindiston Milliy axborot markazi bilan mazkur yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomoni, shuningdek, O‘zbekistonda qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lgan Hindistonning AT-kompaniyalarini hamkorlikka chorladi. AT-kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Hukumati tomonidan misli ko‘rilmagan soliq imtiyozlari va afzalliklari taqdim etilgan.

Majlis ishtirokchilari, shuningdek, Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi UzCERT faoliyati bilan tanishdilar. Xalqaro hamkorlik — kiber tahdidlarga qarshi kompleks kurashish yo‘lida axborot xavfsizligi sohasidagi muhim omildir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq