2018-yilning avgust oyida Mobil aloqa operatorlari tomonidan qurilishi tugallangan aloqa obyektlari foydalanishga qabul qilindi
19.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspektsiyaning qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi farmoyishiga asosan Inspektsiyaning Surxondaryo viloyati hududiy inspektsiyasi mutaxassislari 2018-yilning avgust oyida mobil aloqa operatorlarining Surxondaryo viloyatidagi qurilishi tugallangan ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyasi ishida ishtirok etishdi. Topshirilgan hujjatlar to‘plamini tahlil qilish hamda joyiga chiqib o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar berildi.

Mobil aloqa operatorlari kamchiliklarni bartaraf etgach, vakolatli organlarning xulosalariga asosan jami 24 ta obyekt foydalanishga qabul qilindi.

Mobil aloqa operatorlari (MCHJ shakldagi “COSCOM” XK, “UNITEL” MCHJ, “UMS” MCHJ va O‘zbektelekom AK “O‘zmobayl” filiali) tomonidan shu kabi telekommunikatsiya ob’ektlarini ishga tushirilishi iste’molchilarga sifatli aloqa xizmatlarini ko‘rsatilish imkoniyatini yaratadi.

Xususan Termiz, Angor, Sherobod, Qumqurg’on, Uzun va Sariosiyo tumanlarida aloqa qamrovi kengayib, Internet tezligi sezilarli darajada yaxshilandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq