Qiziqarli fAKTlar
17.08.2018
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: .

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi qiziqarli voqeliklarga bag‘ishlangan navbatdagi sahifamizda bugungi kunlarda keng tarqatilayotgan xavfli o‘yinlardan biri haqida fikr yuritiladi.

Momo — WhatsApp’dagi qo‘rqinchli mahluq

Yaqinda Internetni yangi dahshatli xabar qamrab oldi. «WhatsApp»da, dahshatli qiyofada suhbatdoshlarga tahdid solib, juda qo‘rqinchli mazmundagi xabarlarni yuboruvchi – «Momo» nomli mahluq qiyofasi paydo bo‘ldi. U hatto foydalanuvchilarni yomon ishlarni amalga oshirishga da’vat eta oladi.

Ommaviy axborot vositalarida «Momo»ni ikkinchi «ko‘k kit» deb nomlamoqdalar va ayrim mamlakatlardagi politsiya ota-onalarni mazkur o‘yin bolalar uchun xavfli ekanligi haqida ogohlantirmoqda: yangi qo‘rqinchli o‘yin Argentinadagi 12 yoshli qizaloqning o‘limiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Shu o‘rinda, hozirgi kunda dolzarb savol tug‘iladi: WhatsApp’dagi dahshatli mahluqdan qo‘rqish kerakmi, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Internetdagi yomon ta’sirlardan qanday himoya qilish mumkin?

Malumot uchun: WhatsApp mobil va boshqa platformalar uchun ovozli va video aloqani qo‘llab-quvvatlaydigan ommabop bepul matnli tezkor axborot almashish tizimidir. Mazkur tizim Internet orqali matnli xabarlar, tasvirlar, video va audio axborotlarni yuborish imkonini beradi.

Momo qayerdan paydo bo‘ldi, u nimalar qila oladi?

Gapni tarmoq manbalarida tasvirlangan «Momo» suratidan boshlaylik – aslida, u yaponiyalik haykaltarosh Kеysukе Ayzavo` (Keisuke Aizawa) tomonidan yaratilgan haykalining surati bo‘lib, unda yapon xalq og‘zaki ijodidagi «Ubume» obrazining ruhi tasvirlangan. Biroq u Internetda bugungi kundagi baholariga muvofiq, haqiqatan ham ish berdi – mazkur dahshatli mahluq haqida afsonalar to‘qib chiqara boshladilar. Shundan foydalanib, kimlardir bu g‘aroyib qahramonga hayot bag‘ishlashga qaror qildi va unga WhatsAppda akkaunt ochib berdi, unga «Momo» deb nom berib, vahimali qiyofasi bilan odamlarni qo‘rqita boshladi. Hozirgi kunda WhatsApp-mesenjerining mazkur qahramoni o‘z jabrdiydalariga qo‘rqinchli suratlar – asosan, majaqlangan, parchalangan jasadlarning dahshatli tasvirlarini yuboradi va suhbatdoshlari haqida hamma narsani, jumladan, ularning yashash joylari, hozirda qayerda ekanliklari to‘g‘risida, umuman, barcha-barcha ma’lumotlarni bilishi va u bilan muloqot qilmasa, hammasi yomon tugashini bildirib, tahdid qilmoqda. Momo hatto qo‘ng‘iroq ham qila oladi – qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi unga javob berishi bilan dinamikalardan dahshatli tovush yoki kuchli vahimali ovozni eshitadi.

Ko‘pchilik manbalarda qo‘rqinchli mahluq u bilan o‘zi aloqa qilmoqchi bo‘lganlarga javob berishi ta’kidlanmoqda. Ayrim manbalar ma’lumotlariga muvofiq, Momo dastlab Facebook orqali tarqatilgan, keyin esa boshqa ijtimoiy tarmoqlarda va reddit orqali tarqatila boshlagan. Rossiyalik ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, Momoning o‘zi «dahshatli virus» yordamida u bilan muloqot qilganlar ro‘yxatini tuzadi, biroq bu xayoliy fantastik gapga o‘xshab tuyiladi. Hozirgi paytda, Internetda kamida uchta yomon maqsadda yaratilgan: yaponcha – Meksika va Kolumbiya qo‘rqinchli o‘yinlari mavjud. Amalda esa, Momo o‘yinining soni yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin – har qanday foydalanuvchi WhatsApp-akkauntini yaratishi, userpik ubume’ni suratga olish va mazkur yoqimsiz o‘yinlarga qo‘shilishi mumkin.

Momo – bu xayp

Xayp ingliz tilidadagi hype sozidan olingan tushunchadir, uning ma’nosi tajovuzkor va dahshatga soluvchi reklama bo‘lib, asosiy maqsadi iste’molchida o‘ziga rom etish xohishini shakllantirishdir. Haqiqatan ham xuddi shunday holat yuzaga keladi – masalan, Momo navbatdagi ommaviy axborot vositalari va bloggerlar tomonidan muntazam ravishda yuritilayotgan xaypga aylandi. Bunda birinchi bo‘lib, tarmoq manbalariga, aslida, mavjud bo‘lmagan tafsilotlarni qo‘shdilar, ikkinchidan esa, yomon niyatda yangi va yangi akkauntlarni yaratib, Momo bilan suhbatlar mazmunini to‘qiy boshladilar. Tabiiyki, «Dvach» va trolli bilan qiziqadiganlar Momo yordami bilan nimalar qilish mumkinligi va ehtimoliga asoslanib, unga muvofiq qo‘shimcha akkauntlarni ishlab chiqdilar hamda ularning yordamida odamlarni qo‘rqita boshladilar. Shu bilan birga, Momoning juda qo‘rqinchli va vahimali qiyofasi bilan yoqimsiz kontent yubora boshladilar, shuningdek, suhbatdoshlarni o‘zlariga qandaydir zarar yetkazishga majbur ekanligiga ishontirish maqsadida u bilan muloqot qilishga tayyor bo‘lmagan odamlar, ayniqsa, bolalarni ruhan jarohatlantirmoqdalar.

O‘z farzandlaringizni noxush illatlardan ehtiyot qiling

Shunday qilib, Momo – bu Internetda kimlarningdir zavq bilan to‘plab, ko‘paytirib, takror va takror tarqatayotgan shunchaki muvaffaqiyatsiz hazili emas. Undan qo‘rqish ham kerak emas, biroq bolalar uchun Momo bilan muloqot qilish juda yomon tajribalarga aylanishi mumkinligini unutmaslik kerak. Agar bu sizning farzandingiz bilan sodir bo‘lishi mumkinligi haqida tashvishlanayotgan bo‘lsangiz –bu haqda ular bilan gaplashib, ularning fikrini tinglang. Ularga do‘st bo‘ling va shunda ular sizga virtual olamdagi Momo yoki shu kabi boshqa qo‘rqinchli holatlar yoki ularni kim hafa qilayotganining barchasi haqida aytib beradilar. Farzandingizni xavfsiz hududda asrang!

Bolalarga ko‘proq e’tibor bering – shunda ularning xulq-atvoridagi shubhali o‘zgarishlarni sezasiz va ko‘rasiz. Agar sizning farzandingiz xavf ostida bo‘lsa, quyidagi:

— yomon o‘qiy boshladi;

— ilgari sevimli mashg‘ulotlariga qiziqishini yo‘qotdi;

— to‘satdan ruhiy tushkunlikka tushib, jahldor yoki tajovuzkorlikka moyillik paydo bo‘ldi;

— tunda ham Internetdan foydalanishni odat qildi;

— ijtimoiy tarmoqlarda to‘satdan ko‘plab do‘stlar orttirdi yoki ko‘plab do‘stlardan birdaniga voz kechdi;

— siz bilan gaplashmay qo‘ydi kabi holatlar kuzatilishi mumkin.

Bunday holatning oldini olish uchun Kasperskiy Safe Kids kabi ota-ona nazorati dasturidan foydalanishni tavsiya qilamiz. Ular bolalarni foydalanish mumkin bo‘lmagan kontentlardan himoyalashda yordam beradi, shuningdek, bolaning qurilma bilan o‘tkazadigan vaqtini cheklaydi. Albatta, dastur bolalar uchun haqiqiy suhbatdoshlarning o‘rnini bosmaydi, biroq u ba’zi muammolarni bartaraf etishga haqiqatdan ham yordam beradi.

Manba: https://www.kaspersky.ru/blog/momo-horror/21055/

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi: Internetda xavfli Momo o‘yini paydo bo‘lgan!

Internetda tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, What’s App messenjeri orqali tarqalayotgan MOMO o‘yini bir necha mamlakatlarni qamrab olgan. Meksikaning Tabasko shtati Bosh prokuraturasi bu haqda ogohlantirish bilan murojaat qilgan.

Argentinaning Buyenos-Ayres shahrida 12 yoshli qizaloq o‘z joniga qasd qilgandan keyin ushbu o‘yinning inson ruhiyatiga salbiy ta’siri haqida jiddiy gapirila boshlandi. Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv olib borayotgan politsiya xodimlari o‘smirning telefonida Momo o‘yini borligini aniqlashgan. Xorijiy saytlarning yozishicha, o‘yin yaratuvchilari o‘z mijozlarini avval ijtimoiy tarmoqlar va forumlardan izlab topadi. Shundan so‘ng, o‘smirlarga qo‘rqinchli fotosuratlar va zo‘rlik sahnalari aks ettirilgan videotasvirlarni yuboradilar va sekin-asta turli buyruqlarni bajarishni talab qila boshlaydilar, mijozga oid turli ma’lumotlarni yuborishni so‘raydilar. Agar mijoz rad etadigan bo‘lsa, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘rqitish yo‘liga o‘tadilar.

Xo‘sh, Momo aslida kim? Ma’lum bo‘lishicha, o‘yin asoschilari yapon rassomi Midori Xayasining ijodiga oid tasvirdan foydalanganlar. Lekin rasmdagi qiyofaning aslida o‘yinga aloqasi yo‘q. Hurmatli ota-onalar, aziz bolajonlar! Ehtiyot bo‘ling, Internet tarmog‘ida foydali ma’lumotlar bilan birga, ana shunday g‘arazli niyatlarda yaratilgan resurslar ham yo‘q emas. Agar messenjeringizdagi kontaktlaringiz orasida Momo paydo bo‘lib qolsa, uni darhol bloklab qo‘yishni unutmang!

Manba: www.iibb.uz

Xayp yuqorida bayon etganimizdek, (ingliz tilida hype) — tajovuzkor va dahshatga soluvchi reklama bo‘lib, uning maqsadi iste’molchida o‘ziga rom etish hissini shakllantirishdir.

Xayp yoki «kuchli reklama» an’anaviy reklamalardan farqli ravishda, asosiy maqsadi mahsulot haqida shunchaki ma’lumot berishdangina iborat bo‘lmay, balki mahsulot haqida haddan tashqari, kuchliroq ravisda, ko‘p ma’lumotlarni juda kuchaytirib ifodalashni rag‘batlantirib joylashtirish vazifasini bajaradi. Natijada bunday reklamaning semantik mazmuni keskin kamayadi va reklama xabarining tashqi shakli oldinga chiqadi. Xayplar iste’molchilar jamiyatiga xos bo‘lib, ularning afzalligi axborotning haddan tashqari katta oqimi sababli shakllanadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin kapitalistik jamiyatlarda bu turdagi reklama asosiy reklamaga aylanib, alohida yuqori daromadli industriyaga aylangan.

Bunday reklama katta ahamiyatga molik bo‘lganligi sababli keyingi davrlarda zamonaviy axborot vositalarining, xususan, televideniye paydo bo‘lishi bilan, uni ishlab chiqarish alohida turdagi industriyani shakllantirib, yangi darajada ommaviy tus oldi. Unda sanoat ishlab chiqarish tashkilotlari darajasiga yetgan reklama agentliklari asosiy rolni o‘ynadi. Bozorning yana bir boshqa ishtirokchilari sifatida an’anaviy korporatsiyalarning reklama bo‘linmalari muhim o‘rin tutdi, biroq ular o‘z tashkilotlari tarkibida mustaqil reklama agentliklari kabi vazifalarni bajardi.

Xarakterli xususiyat – qarama-qarshi yo‘naltirilgan moliyaviy oqimning paydo bo‘lishi bo‘lib: an’anaviy reklamaga ishlab chiqaruvchilar tomonidan buyurtma berilgan bo‘lsa, reklama agentligiga esa, xayp uchun matbuot, televideniye, kino, tеlе va radio kompaniyalari o‘zlari buyutmalar bo‘yicha reklama agentliklariga va shunga muvofiq ravishda, daromadlar manbaiga aylanadilar. Bozorning ushbu segmenti, aksincha emas, baki aynan reklama ostida shakllanadi. Reklamaga yangicha yondashuvlarning ijtimoiy oqibatlari jamiyatning manfaatlarining passiv iste’mol va tabiiy ravishda, shakllangan ommaviy talablar yo‘qolishiga, zarur bo‘lmagan tovarlar va xizmatlarga, shu jumladan, xalqning moliyaviy imkoniyatlarini oshirishga majbur etib, pul va mablag‘larni sarflashda mustaqil tahlil qilish imkoniyatini zaiflashtirish kabilar bilan aralashishidir. XX asrning oxirida bunday turdagi reklamalarning shunday noxolis, hatto firibgarlikka sabab bo‘luvchi reklamalardan foydalanganligi ma’lum. Mazkur noxush amaliyotga qarshi turish uchun davlat qonunchilik choralarini qo‘llaydi.

Xayp so‘zi kelib chiqishining bir nechta varianti mavjud. Ularning biriga ko‘ra, bu hyperbola so‘zining qisqartmasidir. Boshqasiga asosan – «hiper», ya’ni ortiq ma’nosini anglatuvchi so‘zdan tashkil topgan. Meriam-Webbster nashriyotining izohli lug‘atiga ko‘ra, fe’l shaklidagi mazkur so‘z 1931-yilda paydo bo‘lgan va 1951-yilda ot sifatida ishlatila boshlagan. Xayp so‘zi kelib chiqishi aniq belgilanmagan.

Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Хайп

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq