Vazirlikda «Ajlan & Bros.» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
16.08.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yilning 16-avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov «Ajlan & Bros.» kompaniyasi guruhi raisining o’rinbosari, shayx Mohammed Abdulaziz Al-Ajlan (Saudiya Arabistoni) bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar elektron tijorat, «elektron to’lov»lar, raqamli savdo platformalari uchun «aqlli tizim» hamda boshqa yo’nalishlarni rivojlantirish uchun sarmoyaviy hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi. Saudiyalik tadbirkor «Ajlan & Bros.» kompaniyasi o’zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun O’zbekistonda katta salohiyat ko’rayotganini ta’kidladi.

Muzokaralar natijasida har ikki tomon 2018 yilning sentyabridan boshlab investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, hamkorlikni yangi yo’nalishlarda davom ettirish, hamkorlik yuzasidan tegishli hujjatlarni imzolashga kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq