«IGB & Company» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
16.08.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yilning 15-avgust kuni «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida (Markaz) «IGB & Company» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda Koreya Respublikasi AT-sanoatini rivojlantirish bo‘yicha Milliy agentligi (NIPA) va Koreya konsalting kompaniyasi «IGB & Company» bilan hamkorlikda «O‘zbekistonda ekotizim uchun startap platformasini yaratish» loyihasini amalga oshirish ishlari olib borilmoqda, uning doirasida «IGB & Company» mutaxassislari loyiha oldi tadqiqotlarni o‘tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurishdi.

Uchrashuvning mavzusi 2 qismdan iborat bo‘ldi: O‘zbekistonda startap-sanoatning hozirgi rivojlanish holatini muhokama qilish va ushbu yo‘nalishda Koreya Respublikasi bilan tajriba almashish. Mehmonlar startap ekotizimi platformasi bo‘yicha taqdimot o‘tkazishdi. Ta’kidlash joizki, Janubiy Koreyada startap-sanoatini rivojlantirish uchun qator qulay sharoitlar mavjud: K-startup portal, Business incubator portal, Angel investment portal va boshqalar. Koreya hukumati va xususiy sektorlari bilan yaqin hamkorlikda bizda ham ushbu sanoatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish jarayoni davom etmoqda.

Yig‘ilish davomida Markaz direktorining o‘rinbosari Daniyar Atadjanov Markaz faoliyati va mamlakatimizda AKT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘zlab berdi. Markaz rahbariyati Janubiy Koreyaning ixtisoslashgan ekspertlari bilan «O‘zbekistonda startap ekotizimi platformasini yaratish» loyihasi doirasida milliy startap portalini joriy etishda tahlil qilish, ma’lumotlar almashish va ishga tushirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq