Endilikda qo‘l radarlaridan foydalanilmaydi
16.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan YPX inspektorlari tomonidan ma’nan eskirgan qo‘l radarlaridan foydalanilmaydi.

Tezlikni belgilangan me’yordan oshirish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar hozirda avtomat-statsionar va mobil radarlar yordamida aniqlanmoqda. Bu esa o‘z navbatida jarayonda inson omili ishtirokining oldini oladi. Mazkur apparat-dasturiy kompleksi real vaqt rejimida avtomatik ravishda qoidabuzarliklarni qayd etadi va simsiz aloqa orqali avtomobil raqami, sana, vaqt va voqea joyidan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni “O‘zbekiston pochtasi”ning Toshkent shahar filiali ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga yuboradi. Qoidabuzar ham bu haqda pochta orqali xabardor qilinadi.

Bugun, 16-avgust kuni mobil radarlar quyidagi manzillarga o‘rnatilgan:

— Sergeli tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘li, “Elbrus” restorani, soat 9.00 dan;

— Yakkasaroy tumani, Kichik halqa yo‘li, “Korzinka – Aeroport”, soat 11.00 dan;

— Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 7-Avtokorxona, soat 14.00 dan, Oliy Majlis binosi, soat 16.00 dan;

— Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, “Yulduz” AJ, soat 18.00 dan.

Toshkent shahar IIBB yo’l harakati qoidalariga amal qilishga chaqiradi. Unutmang, yuqori tezlik YTH larining asosiy sababchisidir!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq