Toshkent shahridagi Inha universiteti dastlabki qaldirg‘ochlarini uchirma qildi
15.08.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yilning 14-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Hukumatining rasmiy vakillari ishtirokida dastlabki bitiruvchi talabalarning tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

2014-yil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan Toshkent shahridagi Inha universiteti hozirda axborot texnologiyalari sohasi uchun mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi universitetlardan biri hisoblanadi.

Tantanali tadbirda qatnashish uchun Koreya Respublikasidagi Inha universitetining Vitse-prezidenti Cheong InKyo rahbarligidagi nufuzli delegatsiya tashrif buyurdi.

Toshkent shahridagi Inha universitetining “Kompyuter va dasturiyd injiniring” yo‘nalishini 87 nafar talabalar bitirdi.

Barcha bitiruvchilarga Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalalov hamda Koreya Respublikasidagi Inha universitetining Vitse-prezidenti Cheong InKyo ikki universitetning qo‘shma diplomini topshirdilar.

Toshkent shahridagi Inha universitetidagi o‘qish davomida o‘zini ko‘rsatgan talabalar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Bunyod Ibrohimov va Yulduz Xodjayevalar universitetda o‘qish davridagi qo‘lga kiritgan eng yuqori ballari uchun taqdirlandilar. Aziz Siyayev universitet ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki uchun mukofotlandi. Muhammadali Hayotovni axborot texnologiyalari sohasidagi turli tanlovlarda g‘olib chiqib, universitetning obro‘sini oshirgani uchun taqdirladilar.

Tadbirda so‘zga chiqqan Koreya Respublikasidagi Inha universiteti Vitse-prezidenti Cheong InKyo, jumladan, shunday dedi: “Umid qilamanki, bitiruvchilar O‘zbekiston kelajagi uchun o‘zlarining bor kuchlarini ayamaydilar. O‘zbekiston MDH dagi bozor iqtisodiyoti sharoitiga o‘ziga xos tinch yo‘l bilan o‘tayotgan oz sonli davlatlardan biridir. Sizlar Toshkent shahridagi Inha universitetida, o‘qigan vaqtingizda olgan bilimlaringizni ishga solishingiz hamda o‘z bilimlaringizni kengaytirish yo‘lida tinmay izlanasizlar degan umiddaman”.

Toshkent shahridagi Inha universiteti Rektori Muzaffar Jalalov bitiruvchilarni qutladi hamda shunday dedi: “Sizlarning ko‘pchiligingizning ishga joylashgani, ayrimlarning esa xorijiy universitetlarga o‘qishga kirgani – muassasamizdagi akademik dasturlarning sifati yuqori ekanligidan dalolatdir. Men barcha pedagogik tarkibga, shuningdek, universitetning barcha xodimlariga talabalarga, hukumatimizga bo‘lgan fidoyiligi, talabalarga yaratib bergan ajoyib muhitlari uchun minnatdorlik bildiraman”. Universitet ma’muriyati oliy ta’lim muassasasining ishini takomillashtirish va ta’limning yangi yo‘nalishlarini ochish borasida ish olib boradi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq