Elektron arxiv tizimi yaratildi
15.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Ushbu dastur muassasalarda har qanday hujjatlarning elektron nusxalarini saqlash va qayta ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, davlat arxivlarida foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Dasturdan nafaqat arxivda, balki notarius, kadrlar bo’limi, buxgalteriya va hokazolar kabi ko’plab hujjatlar bilan ish olib boriladigan muassasalarda ham foydalanish mumkin. Foydalanuvchilar ro’yxatlar bo’yicha, fond hamda xizmatlar bo’yicha tartiblangan kirish, qidirish va chiqish uchun qulay interfeysga ega. Dasturning server qismida asosiy fondlar, ishlarning nomi va saqlash muddatlari haqidagi ma’lumotlar kiritiladi, mijoz qismida esa hujjatlar sahifalari va qidirish uchun kalit so’zlarning skaner qilingan yoki elektron nusxalari kiritiladi. Bu hujjatlarni uzoq muddat saqlash va kerakli hujjatga tezkor kirish uchun yordam beradi.
Dastur mualliflari Narziev Umidjon, Yunusov Ganisher, Yuldoshev Shuxrat, Juraev Olim va Xayitova Irodalarga DGU 05407 raqamli guvohnoma berildi.