«Digital CASA» loyihasi bo‘yicha Jahon bankining vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
15.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018-yil 14-avgust kuni Jahon banki vakillari bilan »Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida (Markaz) navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yurtimizga uyushtirilgan uchinchi missiya doirasida, o‘tkazilgan uchrashuvda Jahon banki tomonidan dasturlar bo‘yicha katta mutaxassis, ID4D texnik yordam guruhi rahbari Luda Bujorenu, Moldaviyaning raqamli texnologiyalar bo‘yicha mutaxassisi Turkan Yuriy, Jahon banki maslahatchisi Saidxodjayev Sanjar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida O‘zbekistonda »Digital CASA» loyihasini tayyorlashni davom ettirish va »Rivojlantirish maqsadidagi raqamli identifikatsiya (ID4D)» global tashabbusi doirasida texnik yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

Markaz direktorining birinchi o‘rinbosari Murod Mahmudjanovich mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, bank sektorini raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyot bo‘yicha kontsepsiyani tayyorlash, elektron tijorat masalalari bo‘yicha Milliy reyestrini joriy etish va boshqalar haqida so‘zlab berdi.

Yig‘ilish davomida Markaz tomonidan davlat organlarining AKT bo‘limlari xodimlari uchun o‘tkaziladigan haftalik kollegial seminarlarga alohida e’tibor qaratildi. Mehmonlar ushbu seminarlardan birida ishtirok etish istagini bildirdilar va shu munosabat bilan 16-avgust kuni «Aloqa tarixi muzeyi»da bo‘lib o‘tadigan «Elektron hukumat tarkibida AT ning roli» mavzusidagi seminarga taklif qilindilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq