Birjaning elektron davlat xaridlari tizimida 404 mlrd. so‘mlik bitimlar tuzildi
14.08.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zRTXB ning davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali xarid.uz ishga tushirilgan paytdan boshlab, hozirgi kunga qadar, birjaning yangi elektron savdo tizimida umumiy qiymati 404 mlrd. so‘mlik 140 mingdan ziyod bitimlar tuzildi.

O‘tgan davr mobaynida budjet buyurtmachilari tomonidan umumiy qiymati 262,7 mlrd. so‘mlik 116 mingdan ziyod bitimlar tuzilgan bo‘lsa, korporativ buyurtmachilari tomonidan 141,3 mlrd. so‘mdan ortiq 24 mingga yaqin shartnoma elektron tarzda imzolandi. Shu jumladan, elektron do‘konda tuzilgan bitimlarning umumiy qiymati 129,3 mlrd. so‘mni, elektron auksion orqali – 274,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek ushbu davrda umumiy hisobda 71,5 mlrd. so‘mlik budjet va korporativ mablag‘lar tejaldi, ya’ni, elektron do‘kon orqali 11,1 mlrd. so‘mlik mablag‘ tejalgan bo‘lsa, elektron auksion o‘tkazilishi natijasida 60,4 mlrd. so‘mlik mablag‘lar iqtisod qilindi.

Imzolangan bitimlar soniga nisbatan viloyatlar kesimiga ko‘ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida eng yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan hamda ularning barcha tuzilgan bitimlardagi umumiy ulushi 25 foizni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati – 10%, Samarqand viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 9%, Qashqadaryo viloyati – 7% ulush bilan joylashgan. Qolgan hududlarning ulushi 40% atrofida.

Bugungi kunga kelib, birjaning elektron davlat xaridlari tizimida 20 ming atrofida yetkazib beruvchilar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, ularning aksariyat qismini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi “O‘zRTXB” AJ ni davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali — xarid.uz ning operatori etib tayinlangan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq