my.gov.uz orqali inshootlarning ijara shartnomasini ro’yxatidan o’tkazish
13.08.2018
Rukn: Internet.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro’yxatidan o’tkazish imkoni yaratildi.
Ushbu xizmat bino va inshootlar shartnomalarini ro’yxatdan o’tkazish uchun mo’ljallangan.
Bu qanday amalga oshiriladi?
1-qadam. Ko’chmas mulkning «Turi» (turar joy / yashovsiz) belgilanadi.
2-qadam. Ariza beruvchi to’g’risida ma’lumot to’ldiriladi.
3-qadam. Xizmatdan foydalanish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar to’ldiriladi.
Eslatib o’tamiz, Fuqarolik Kodeksining 574-moddasiga ko’ra, fuqarolar o‘rtasida tuzilgan bino yoki inshootni yoxud uning bir qismini ijaraga berish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilgan bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim va ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Muhim!
Ushbu xizmat ERI ni ko’rsatgan holda ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilarga taqdim etiladi.
Manba: kompaniya press-relizi